Iqtisod

Surxondaryo viloyati Rossiyaga karam eksport qilishni koʻpaytirdi

Kapusta - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Surxondaryo viloyati Shoʻrchi tumanida fermeri Rossiya bilan 4 mln $ lik shartnoma imzoladi.
TOSHKENT, 5 iyul — Sputnik. Surxondaryo viloyati Shoʻrchi tumanida fermer Juma Boymirov Rossiya bilan 4 mln $ lik shartnoma imzoladi, deb xabar berdi Sputnik muxbiriga tuman matbuot xizmati.
"Rossiya bilan 4 mln $ shartnoma imzoladik. Kelishuv boʻyicha 2000 tonna qizil lavlagi va 800 tonna karam yetkazib berdik", — dedi Boymirov.
Tadbirkorning aytishicha, joriy yilning oʻtgan davrida xoʻjalik tomonidan 485 ming $lik mahsulot eksport qilindi.
"Eksport qilinayotgan sifatli mahsulotlarimiz Rossiyada talabga ega. Yetishtirilayotgan mahsulotlar tabiiy sharoitda yetishtirilgani, quyosh nurida pishishi bilan ajralib turadi. Kelgusida eksport mahsulotini koʻpaytirishni rejalashtirganmiz", - deydi fermer.
Shoʻrchi tumanidagi “Surxon Agro Gold” MCHJga qarashli 10,5 gektar maydonda ekilgan uzum nihollari parvarishlanmoqda. Korxona xodimlari uzum qatorlari orasiga gulkaram, lavlagi (qizilcha) mahsulotlar ekib, Rossiyaga eksport qilishdi.
Eslatib oʻtamiz: Rossiya Oʻzbekistonning asosiy savdo sherigi boʻlib qolmoqda. Joriy yil boshida respublikadan Rossiyaga 346,8 mln $lik mahsulot eksport qilindi.
Rossiyaning 84 ta subʼyekti Oʻzbekiston korxonalari bilan hamkorlik qiladi. 2022 yilda mamlakatlar oʻrtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 33,8 %ga oʻsib, 3,2 mlrd $ni tashkil qildi.
2021-yil yakuniga koʻra Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi oʻzaro tovar ayirboshlash hajmi 32,8 %ga oshib, 7,5 mlrd $ni tashkil etdi.
Rossiya respublikaning umumiy tashqi savdo aylanmasida 17,9% ulushi bilan respublikaning asosiy hamkor davlatlari orasida birinchi oʻrinni egalladi.
Yangiliklar lentasi
0