https://oz.sputniknews-uz.com/20220706/mineralnie-vodi---urganch-yonalishida-parvozlar-yolga-qoyildi-25943905.html
Mineralniye Vodi - Urganch yoʻnalishida parvozlar yoʻlga qoʻyildi
Mineralniye Vodi - Urganch yoʻnalishida parvozlar yoʻlga qoʻyildi
“Mineralniye Vodi- Urganch- Mineralniye Vodi” yoʻnalishi boʻyicha parvozlar haftada bir marta chorshanba kunlari amalga oshiriladi. 06.07.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-07-06T13:47+0500
2022-07-06T13:47+0500
2022-07-06T13:47+0500
turizm
rossiya
oʻzbekiston
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/298/22/2982253_0:0:1501:844_1920x0_80_0_0_59c9764afe97ba2b5f5d3c6608e3b390.jpg
TOSHKENT, 6 iyul – Sputnik. Rossiyaning “Azimut” aviakompaniyasi Mineralniye Vodi va Urganchni toʻgʻridan-toʻgʻri reyslar bilan bogʻladi.Yangi yoʻnalish boʻyicha parvoz qilgan birinchi samolyot 6 iyul kuni soat 03.04 da bortida 92 yoʻlovchi bilan Urganch xalqaro aeroportiga qoʻndi.“Mineralniye Vodi – Urganch – Mineralniye Vodi” yoʻnalishi boʻyicha ilk yoʻlovchi parvozini amalga oshirgan havo kemasi suv arkasi bilan tantanali ravishda kutib olindi.“Urganch” aeroporti terminalida aviakompaniya vakillari anʼanaga koʻra ushbu reysga birinchi boʻlib chipta sotib olgan yoʻlovchini tabriklashdi.Ushbu yoʻnalish boʻyicha parvozlar muntazam ravishda SU-95 samolyotlarida haftada bir marta chorshanba kunlari amalga oshiriladi.Qayd etilishicha, yaqin kelajakda aviakompaniya Mineralniye Vodidan Toshkentga parvozlarni yoʻlga qoʻyishni ham rejalashtirmoqda.
rossiya
oʻzbekiston
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/298/22/2982253_90:0:1215:844_1920x0_80_0_0_1179f98b72bb4cb64568a537fdfbdb79.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
rossiya, oʻzbekiston
Mineralniye Vodi - Urganch yoʻnalishida parvozlar yoʻlga qoʻyildi
“Mineralniye Vodi- Urganch- Mineralniye Vodi” yoʻnalishi boʻyicha parvozlar haftada bir marta chorshanba kunlari amalga oshiriladi.
TOSHKENT, 6 iyul – Sputnik. Rossiyaning
“Azimut” aviakompaniyasi Mineralniye Vodi va Urganchni toʻgʻridan-toʻgʻri reyslar bilan
bogʻladi. Yangi yoʻnalish boʻyicha parvoz qilgan birinchi samolyot 6 iyul kuni soat 03.04 da bortida 92 yoʻlovchi bilan Urganch xalqaro aeroportiga qoʻndi.
“Mineralniye Vodi – Urganch – Mineralniye Vodi” yoʻnalishi boʻyicha ilk yoʻlovchi parvozini amalga oshirgan havo kemasi suv arkasi bilan tantanali ravishda kutib olindi.
“Urganch” aeroporti terminalida aviakompaniya vakillari anʼanaga koʻra ushbu reysga birinchi boʻlib chipta sotib olgan yoʻlovchini tabriklashdi.
“Baxtli yoʻlovchi Nargiza Muratova boʻlib, unga aviakompaniyaning har ikki yoʻnalishdagi yoʻnalishlari boʻyicha ikki kishilik aviachiptalarning joriy yil oxirigacha amal qiladigan sertifikati tantanali ravishda topshirildi”, deyiladi xabarda.
Ushbu yoʻnalish boʻyicha parvozlar muntazam ravishda SU-95 samolyotlarida haftada bir marta chorshanba kunlari amalga oshiriladi.
Qayd etilishicha, yaqin kelajakda aviakompaniya Mineralniye Vodidan Toshkentga parvozlarni yoʻlga qoʻyishni ham rejalashtirmoqda.