Jamiyat

Nukusdan Moskva va Oqtovga amalga oshiriladigan parvozlar jadvali oʻzgardi

Aeroport Tashkenta - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
TOSHKENT, 6 iyul - Sputnik. Uzbekistan Airwaysning Nukus xalqaro aeroporti orqali amalga oshiriluvchi xalqaro aviaqatnovlar jadvalida oʻzgarish sodir boʻldi.

Nukus - Moskva - Nukus

5 iyuldan 29 iyulgacha Nukus-Moskva-Nukus yoʻnalishidagi parvozlar Urganch - Moskva - Urganch yoʻnalishida Urganch xalqaro aeroporti orqali amalga oshiriladi. Parvoz vaqtlari oʻzgarmaydi.

Nukus - Oqtov - Nukus

7 iyuldan 28 iyulga qadar 727 va 728 Nukus-Oqtov-Nukus yoʻnalishlari boʻyicha aviaqatnovlar yangi jadval boʻyicha amalga oshiriladi.
HY-727 Nukus - Oqtov 10:20 - 11:50;
HY-728 Oqtov - Nukus 12:50 - 14:15;
Bundan tashqari, 2022 yil 29 iyul kuni rejalashtirilgan Jidda - Nukus - Jidda HY-5308 va HY-5369 yoʻnalishi boʻyicha aviaqatnovlar jadvalga muvofiq oʻzgarishsiz amalga oshiriladi.
Yangiliklar lentasi
0