Onkologiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.01.2022
Bu qiziq
Ushbu ruknimizda ilm-fan, inson sog‘ligi, foydali va zararli oziq-ovqatlar, parhez taomlar, shifokorlar maslahati va boshqa barcha uchun qiziqarli ma’lumotlar bor.

Yuqori qon bosimi bilan yuradigan odamlar eng ko‘p yo‘l qo‘yadigan xatolar

© pixabay.com/Bru-nOPovarennaya sol
Povarennaya sol - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.07.2022
Obuna bo‘lish
Shifokor Masnikov yuqori qon bosimi yuqori bo‘lgan odamlar eng ko‘p yo‘l qo‘ydigan xatolarni aytdi.
Shifokor va boshlovchi Aleksandr Masnikov va terapevt Alla Osipova “Rossiya 1” telekanali efirlaridan birida yuqori qon bosimida yuradigan odamlarning eng ko‘p yo‘l qo‘yadigan xatolarini aytishdi
Shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, o‘zboshimchalik bilan dori-darmonlardan voz kechish yaxshi oqibatlarga olib kelmaydi. Unda insultga chalinish ehtimoli ortadi. Dorilar dozasini o‘zgartirish yoki qabul qilmaslik borasida, albatta, davolovchi shifokor, mutaxassis bilan maslahatlashish zarur.
Shuningdek, yuqori qon bosimida tuz va shakarni ko‘p iste’mol qilish qat’iyan taqiqlanadi. Masnikovning aytishicha, bu mahsulotlarni cheklaganda, qon bosimi hatto dori-darmonlarsiz meyorga kelishi mumkin.
“Iste’mol qilinadigan osh tuzi meyori 5 gramm. Yuqori qon bosimidagi insonlar esa uch gramm osh tuzi iste’mol qilishi kerak”, - deydi Masnikov.
Shuningdek, gipertoniyaga chalinganlar turli o‘tlar va giyohlar bilan davolanishga urinmaganlari ma’qul. Bir paytning o‘zida turli giyohlar va dorilar bilan davolanish sabab jigarni zaharlash mumkin. Shu bilan birga, Masnikov gipertoniyaga chalinganlarga ivan-choy foylali bo‘lishini aytib o‘tgan.
Yangiliklar lentasi
0