https://oz.sputniknews-uz.com/20220707/endi-taksichilar-ham-ozini-ozi-band-qilgan-shaxslar-qatoriga-kiritiladi-25996051.html
Endi taksichilar ham oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar qatoriga kiritiladi
Endi taksichilar ham oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar qatoriga kiritiladi
Prezident qarori bilan avtotransport vositalarini boshqarishda va yoʻnalishsiz taksi faoliyatini amalga oshirishda qoʻshimcha qulayliklar yaratildi.
2022-07-07T19:20+0500
2022-07-07T19:20+0500
2022-07-07T19:20+0500
jamiyat
taksi
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/1430/67/14306737_0:0:3071:1728_1920x0_80_0_0_8b4701e57451b4958beb6a5a3344fed5.jpg
TOSHKENT, 7 iyul — Sputnik. Bugun prezidentning tegishli qarori bilan avtotransport vositalarini boshqarishda va yoʻnalishsiz taksi faoliyatini amalga oshirishda qoʻshimcha qulayliklar yaratildi:1. 2022 yil 1 sentyabrdan boshlab avtomobillarni boshqarish huquqini beruvchi ishonchnomalarni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron shaklda rasmiylashtirish imkoniyati yaratiladi. Bunda:- avtomobilni boshqarish huquqini beruvchi elektron shakldagi ishonchnoma rasmiylashtirilganda, uni notarial tasdiqlash talab etilmaydi;- elektron ishonchnoma rasmiylashtirilganda davlat boji uning amal qilish muddatidan kelib chiqqan holda - 1 oygacha boʻlgan muddatga 90 ming soʻm, 6 oygacha boʻlgan muddatga 450 ming soʻm, 3 yilgacha boʻlgan muddatga 900 ming soʻm miqdorida undiriladi;- elektron ishonchnoma davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan faqatgina planshet orqali tekshiriladi.2. Yuridik shaxslar haydovchilarining ikki yilda bir marta majburiy malakasini oshirish talabi bekor qilinadi.3. Fuqaro tomonidan oʻzining avtomobilini yoʻlovchi tashish litsenziyasiga ega boʻlgan yuridik shaxslarga ijaraga berilganda notarial idoralar tomonidan tasdiqlash talabi bekor qilinmoqda. Ijara shartnomasi soliq organlarida elektron hisobga qoʻyiladi.4. 2022 yil 1 sentyabrdan 2024 yil oxiriga qadar yoʻlovchilarni yengil avtotransport vositalarida tashish faoliyati oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari roʻyxatiga kiritilmoqda. Bunda:– litsenziya varaqasini berishda avtomobilning 10 yillik ekspluatatsiya davriga qoʻyilgan talab bekor qilinadi;– majburiy tibbiy va texnik koʻrik muddati 1 yilda 1 marta qilib belgilanadi;– oʻzini oʻzi band qilgan tashuvchilardan, shu jumladan yuridik shaxslardan litsenziya varaqasi berilganligi uchun davlat boji miqdori 300 ming soʻm etib belgilanadi.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/1430/67/14306737_39:0:2770:2048_1920x0_80_0_0_69de8808135fcbfb105276127ed1ffdd.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
taksi
Endi taksichilar ham oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar qatoriga kiritiladi
Prezident qarori bilan avtotransport vositalarini boshqarishda va yoʻnalishsiz taksi faoliyatini amalga oshirishda qoʻshimcha qulayliklar yaratildi.
TOSHKENT, 7 iyul — Sputnik. Bugun prezidentning tegishli qarori bilan avtotransport vositalarini boshqarishda va yoʻnalishsiz taksi faoliyatini amalga oshirishda qoʻshimcha qulayliklar yaratildi:
1. 2022 yil 1 sentyabrdan boshlab avtomobillarni boshqarish huquqini beruvchi ishonchnomalarni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron shaklda rasmiylashtirish imkoniyati yaratiladi. Bunda:
- avtomobilni boshqarish huquqini beruvchi elektron shakldagi ishonchnoma rasmiylashtirilganda, uni notarial tasdiqlash talab etilmaydi;
- elektron ishonchnoma rasmiylashtirilganda davlat boji uning amal qilish muddatidan kelib chiqqan holda - 1 oygacha boʻlgan muddatga 90 ming soʻm, 6 oygacha boʻlgan muddatga 450 ming soʻm, 3 yilgacha boʻlgan muddatga 900 ming soʻm miqdorida undiriladi;
- elektron ishonchnoma davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan faqatgina planshet orqali tekshiriladi.
2. Yuridik shaxslar haydovchilarining ikki yilda bir marta majburiy malakasini oshirish talabi bekor qilinadi.
3. Fuqaro tomonidan oʻzining avtomobilini yoʻlovchi tashish litsenziyasiga ega boʻlgan yuridik shaxslarga ijaraga berilganda notarial idoralar tomonidan tasdiqlash talabi bekor qilinmoqda. Ijara shartnomasi soliq organlarida elektron hisobga qoʻyiladi.
4. 2022 yil 1 sentyabrdan 2024 yil oxiriga qadar yoʻlovchilarni yengil avtotransport vositalarida tashish faoliyati oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari roʻyxatiga kiritilmoqda. Bunda:
– litsenziya varaqasini berishda avtomobilning 10 yillik ekspluatatsiya davriga qoʻyilgan talab bekor qilinadi;
– majburiy tibbiy va texnik koʻrik muddati 1 yilda 1 marta qilib belgilanadi;
– oʻzini oʻzi band qilgan tashuvchilardan, shu jumladan yuridik shaxslardan litsenziya varaqasi berilganligi uchun davlat boji miqdori 300 ming soʻm etib belgilanadi.