Jamiyat

Ozarbayjon Qoraqalpogʻistonda koʻrilayotgan chora-tadbirlarni qoʻllab-quvvatladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev posetil maxallyu Jeketerek goroda Nukusa i vstretilsya s jitelyami
Shavkat Mirziyoyev posetil maxallyu Jeketerek goroda Nukusa i vstretilsya s jitelyami - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Qoraqalpogʻistonda tinchlik taʼminlash boʻyicha Oʻzbekiston rahbariyati tomonidan koʻrilayotgan chora-tadbirlarni Ozarbayjon toʻliq qoʻllab-quvvatlaydi, dedi Jeyxun Bayramov.
TOSHKENT, 7 iyul - Sputnik. Qoraqalpogʻistonda tinchlik, barqarorlik va barqaror rivojlanishni taʼminlash boʻyicha Oʻzbekiston rahbariyati tomonidan koʻrilayotgan chora-tadbirlarni Ozarbayjon toʻliq qoʻllab-quvvatlaydi. Bu haqida mamlakat tashqi ishlar vaziri Jeyxun Bayramov 6 iyul kuni Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov bilan boʻlgan suhbatda maʼlum qildi.

“Jeyxun Bayramov Qoraqalpogʻistonda tinchlik, barqarorlik va barqaror rivojlanishni taʼminlash boʻyicha Oʻzbekiston rahbariyati tomonidan koʻrilayotgan chora-tadbirlarni Ozarbayjon toʻliq qoʻllab-quvvatlashini bildirdi. Davlatning suvereniteti va hududiy yaxlitligiga qarshi har qanday harakatlarga yoʻl qoʻymaslik muhimligi qayd etildi”, deyiladi Oʻzbekiston TIV xabarida.

Bundan taoʻshqari, suhbat chogʻida ikki mamlakat oʻrtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari koʻrib chiqilgan.
Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevning Oʻzbekistonga davlat tashrifi yakunlari boʻyicha erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish borasidagi saʼy-harakatlarni jadallashtirishga tomonlarning tayyorligi tasdiqlangan.
Vazirlar kelgusi tadbirlar jadvali, shu jumladan Toshkent shahrida "Oʻzbekiston-Ozarbayjon-Turkiya" shaklidagi uch tomonlama uchrashuv tashkil etish yuzasidan kelishib olgan.
Yangiliklar lentasi
0