Ukrain millatchilarining yetakchilari poraxo‘r, o‘g‘ri va araqxo‘r bo‘lishgan - razvedka

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishMolodoy chelovek na fone ukrainskogo flaga
Molodoy chelovek na fone ukrainskogo flaga - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.07.2022
Obuna bo‘lish
1930 - yillarda Sovet hokimiyatidan Uzoq Sharqqa qochgan ukrain millatchilarining yetakchilari poraxo‘rlik, o‘g‘rilik va ichkilikbozlik ustida qo‘lga tushgan.
1930 - yillarda Sovet hokimiyatidan Uzoq Sharqqa qochgan ukrain millatchilarining yetakchilari poraxo‘rlik, o‘g‘rilik jinoyatlari ustida qo‘lga tushgan, araqxo‘r bo‘lgan.
Ammo shunga qaramay, ular yapon razvedkasi tomonidan serdaromad yengil ish bilan ta’minlangan.
Bu haqida RIA Novosti'ga Federal Xavfsizlik Xizmat Primoryedagi boshqarmasi tomonidan ilk bor oshkor etilgan maxfiy hujjatlardan ma’lum bo‘ldi.
Oshkor etilgan materiallar orasida 1945-yil kuzida Sovet harbiy kontrrazvedkasi SMERSh da “Ukraina milliy mustamlakasi” deb nomlangan tashkilot rahbarlari ustidan o‘tkazilgan tergov protokollarining fotonusxalari bor.
“Ukraina milliy mustamlakasi”ga 1943-yilda Manchjuriyaning militaristik Yaponiya tomonidan bosib olingan hududlariga muhojirlik qilgan ukrain millatchilari tomonidan asos solingan.
Tashkilotning asosiy maqsadi Primoryeni Sovet Ittifoqidan tortib olish va u yerda Ukraina millatchi davlatini shakllantirish uchun SSSRga qarshi faol kurashish bo‘lgan. Bu borada millatchilar Yaponiya va Gitler Germaniyasining yordamiga umid bog‘lashgan.
Yangiliklar lentasi
0