Analitika

Yangi dunyo tartibi: Rossiya bugʻdoyi rublda Moskva birjasi orqali sotiladi

© Sputnik / Vitaly Timkiv / Fotobankka oʻtishCosecha de trigo en Rusia
Cosecha de trigo en Rusia - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Bundan buyon Rossiya bugʻdoyi milliy tovar birjasida sotiladi. Rossiya va bugʻdoyni import qiluvchi davlatlar oʻrtakashlardan xalos boʻladi.
TOSHKENT, 7 iyul - Sputnik. Biz hayratlanarli bir davrda yashayapmiz: Amerikaning dunyoda yetakchiligini taʼminlab turgan ustunlar koʻz oldimizda birin ketin qulamoqda, deb yozadi RT muallifi Sergey Kolyasnikov.
Eng yangi misol - Rossiya don mahsulotlarining rublda sotish boshlanishi.
Rossiya dunyodagi eng yirik bugʻdoy eksportchisi boʻlsa-da, shu kunga qadar oʻzining don birjasi yoʻq edi. Oʻnlab yillar davomida uni tashkil etishga boʻlgan koʻplab urunishlarga qaramasdan, har safar qandaydir sababga koʻra bu amalga oshmay kelayotgan edi.
Agar bir jahon don bozorida bir yarim asir davomida yetakchilik qilib kelayotgan kompaniyalarga nazar solsak, buning sababini tushunish mumkin. Bu kompaniyalarning baʼzilarining tarixi paydo boʻlganiga bir yarim asrdan koʻp vaqt boʻlgan: ADM (AQSH), Bunge(AQSH), Cargill (AQSH) va Louis Dreyfus (Niderlandiya). Rossiyada oʻz don birjasi paydo boʻlishi kimga zarar keltirishi endi tushunarli boʻldi...
2022 yil 30 mart kuni Don eksportchilari ittifoqi Rossiya donining xorijiy xaridorlari eksport shartnomalari boʻyicha hisob-kitoblarni rublda amalga oshirish imkoniyatlarini ishlab chiqish iltimosi bilan Markaziy bankka murojaat qilgani haqida xabar paydo boʻldi. Turkiya allaqachon bunday oʻtishga tayyorligini namoyish etayotgan edi.
Shunday qilib, Rossiya banki birinchi Rossiya tovar indeksini - bugʻdoy uchun birja indeksini tasdiqladi. Xoʻsh, u aslida nima uchun kerak?
Masalan, xorijdan olinayotgan birja axborotlarini (Chikago tovar birjasi yoki Frantsiyaning xalqaro fyuchers bozori) oʻrnini bosish uchun. Yoki don bozorida narxlar paydo boʻlishini shaffof va tushunarli qilish uchun. Bundan buyon Rossiya bugʻdoyining narxi AQSH yoki YEIda emas - Rossiyaning oʻzidan shakllanadi.
Yana bir muhim jihati - Rossiya va bugʻdoyni import qiluvchi davlatlar orasida oʻrtakashlardan xalos boʻladi. Bundan buyon Rossiya bugʻdoyi milliy tovar birjasida sotiladi. Turkiya bilan allaqachon 3 milliard rubllik shartnoma imzolangan.
Rossiyaning oʻz bugʻdoyini oʻzi sotish va daromad olish istagi AQSH va Yevropa Ittifoqining katta qarshiliklariga sabab boʻlishi shubhasiz. Va biz hozir "Katta yettilik" tomonidan Rossiya energiya resurslariga maksimal narxlarni belgilash haqidagi ochiq-oydin ahmoqona bayonotlarni eshitganimizdek, ular oʻzlarining gʻallalarini sotishda bizga qarshi chiqishga harakat qilishadi.
Ammo hozirdanoq shunisi maʼlumki, AQSH va Yevropa Ittifoqi bir vaqtning oʻzida juda koʻp sohalarda Rossiyaga qarshi "urush ochib" unining suverenitetini boʻgʻib qoʻyishga harakat qilishdi. Lekin Gʻarbning ushbu yoʻnalishdagi barcha saʼy harakatlari bekor ketishi hozirdanoq aniq.
Yangiliklar lentasi
0