Jamiyat

Dam olish kunlarida tibbiyot muassasalari tun-u kun ishlaydi – SSV

© Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmatishifokorlar
shifokorlar - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
40 ming nafar tibbiyot tizimi xodimi qonunda belgilangan tartibda, navbatchilik asosida aholiga xizmat koʻrsatadi.
TOSHKENT, 7 iyul — Sputnik. Xabaringiz bor, Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan oʻzbekistonliklar 9-12 iyul kunlari ketma-ket dam oladi. Sogʻliqni saqlash vazirligiga koʻra, ana shu davrda xalqning xotirjamligi hamda salomatligini taʼminlash maqsadida tibbiyot muassasalari tun-u kun ishlaydi.
“Shundan kelib chiqqan holda bayram va qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarda mamlakatimizdagi tibbiyot muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirib borish maqsadida Sogʻliqni saqlash vazirligida shtab tashkil etildi”, deyiladi xabarda.
Bayram va qoʻshimcha dam olish kunlarida quyidagi davolash-profilaktika muassasalarida 40 ming nafar tibbiyot tizimi xodimi qonunda belgilangan tartibda, navbatchilik asosida aholiga xizmat koʻrsatadi:
· 1010 ta oilaviy poliklinika,
· 923 ta oilaviy shifokor punkti,
· tuman, viloyat va respublika miqyosidagi barcha shifoxonalar,
· ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari,
· tibbiyot oliy oʻquv yurtlari klinikalari.
Shuningdek, respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, uning hududlardagi 13 ta filiali hamda 182 ta aholi punktida joylashgan shoshilinch tibbiy yordam boʻlimlarida 24 soat davomida navbatchi shifokor va hamshiralar faoliyat yuritadi. Ushbu muassasalar zarur dori-darmonlar bilan taʼminlanib, zaxira oʻrinlari yartilgan.
Mamlakat boʻylab 2724 ta tez tibbiy yordam brigadasi aholidan boʻladigan chaqiriqlar uchun doimo shay holatda. Bundan tashqari, 227 ta tugʻuruq, 245 ta bolalar davolash muassasalari ham uzluksiz ish olib boradi.
“Respublika Call-markazi (1003) orqali tibbiyotga tegishli savollaringizga malakali mutaxassislardan tunu kun javob olishingiz mumkin”, deyiladi xabarda.
Koronavirusga ixtisoslashgan tibbiyot muassasalari, xususan, yuqumli kasalliklar shifoxonalari hamda PZR-test topshirishga moʻljallangan punktlar faoliyat koʻrsatadi. Sanitariya-epidemiologiya xizmatining markaziy apparati va hududlardagi 14 ta boshqarma hamda 203 ta aholi punktida joylashgan boʻlimlarida ham 24 soat davomida 200 nafardan ziyod navbatchi shifokor, qariyb 200 nafarga yaqin vrach-laborant va yordamchi xodimlar oʻz faoliyatini davom ettiradi.
Yangiliklar lentasi
0