Iqtisod

Qozogʻiston bugʻdoy va un eksportiga cheklovlar kiritdi

© Sputnik / Artur LebedevMuka
Muka - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Cheklovlar 2022 yil 8 iyuldan 30 sentyabgacha amal qiladi.
TOSHKENT, 8 iyul – Sputnik. Qozogʻiston hukumati sentyabr oyi oxirigacha bugʻdoy, bugʻdoy uni, bugʻdoy-javdar uni va kungaboqar urugʻlari eksportiga cheklovlar joriy etishga qaror qildi. Bu haqda mamalakat Moliya vazirligi Davlat daromadlari qoʻmitasi matbuot xizmati tarqatgan hujjatda keltirilgan.
Hujjatda qayd etilishicha, 30 sentyabrga qadar bir qator mahsulotlar eksportiga miqdoriy cheklovlar kiritilgan. Xususan, belgilangan vaqtga qadar uchinchi davlatlar va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlariga 550 ming tonna bugʻdoy va meslin (bugʻdoy va javdar aralashmasi) hamda 370 ming tonna bugʻdoy va bugʻdoy-javdar unini eksport qilish mumkin.
Cheklovlar 2022 yil 8 iyuldan 30 sentyabgacha amal qiladi.
Qoʻmitaning tushuntirishicha, bu chora-tadbirlar mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash maqsadida joriy etilmoqda.
Avvalroq, Qozogʻiston Qishloq xoʻjalik vazirligi aprel oyida don va un olib chiqish uchun kvotalar joriy qilgan edi. 15 iyungacha mamlakatdan 1 million tonnadan oshiq bugʻdoy yoki meslin, shuningdek, 300 ming tonnadan koʻp un olib chiqish mumkin emasdi.
Qayd etish kerak, Oʻzbekiston bugʻdoy va bugʻdoy unining katta hajmi (taxminan 90 foizni) Qozogʻistondan import qiladi.
Yangiliklar lentasi
0