Jamiyat

TIV Qozogʻistonda boʻlib turgan oʻzbekistonliklarga murojaat qildi

© Sputnik / Zafar XalilovMID Uzbekistana
MID Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Tashqi ishlar vazirligi Qozogʻistonda boʻlib turgan oʻzbekistonliklarga murjaat qilib, Qoraqalpogʻiston orqali Oʻzbekistonga kiriladigan "Dovud ota" posti hamon yopiqligini eslatib, mamlakatga boshqa yoʻllar orqali qaytishni tavsiya qilgan.
TOSHKENT, 9 iyul — Sputnik. Tashqi ishlar vazirligi Qozogʻistonda boʻlib turgan oʻzbekistonliklarga murjaat qilib, Qoraqalpogʻiston orqali Oʻzbekistonga kiriladigan "Dovud ota" posti hamon yopiqligini eslatib, mamlakatga boshqa yoʻllar orqali qaytishni tavsiya qilgan.
"Oʻzbekiston prezidenti farmoni bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida 2022 yil 3 iyuldan 2 avgustga qadar favqulodda holat joriy etildi. Shu munosabat bilan, Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasidagi "Dovud ota" – "Tajen" (avtomobil) oʻtish punktida fuqarolar va yengil transport vositalari qatnovi vaqtincha toʻxtatilgan. Shu bilan birga, ushbu punkt nuqtasi orqali yuk tashuvchi avtomobillar oʻtishiga ruxsat beriladi.
Bundan tashqari, "Nukus-Beyneu-Nukus" yoʻnalishi boʻyicha temiryoʻl aloqasi ham toʻxtatildi. Oʻzbekiston fuqarolari va chet el fuqarolari Oʻzbekistonga "Dovud ota"dan boshqa oʻtish punktlari orqali kelishlari mumkin.
Shuningdek, "Aqtau – Nukus", "Aqtau – Urganch", " Olmaota – Toshkent", "Olmaota – Samarqand" va "Nur-Sulton – Toshkent" yoʻnalishlaridagi havo qatnovi ham faoliyat koʻrsatmoqda", deyiladi bayonotda.
TIV Oʻzbekiston fuqarolari va chet el fuqarolari maslahat uchun quyidagi raqamlarga murojaat qilishlari mumkinligini eslatgan:
Oʻzbekistonning Qozogʻistondagi elchixonasi (Nur-Sulton shahri) – 8 (717) 295-45-87;
Oʻzbekistonning Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasi– 8 (727) 390-26-16, 8 (727) 299-20-70;
Oʻzbekistonning Aqtau shahridagi Bosh konsulxonasi – 8 (729) 277-71-17.
Yangiliklar lentasi
0