Sport

Rahimjon Subhonov faoliyatida ilk bor “Katta dubulgʻa” turnirida shohsupaga koʻtarildi

© Foto: press-slujba NOK UzbekistanaRaximjon Subxonov
Raximjon Subxonov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
-66 kg vazn toifasi finalida ishtirok etgan Subhonov hal qiluvchi bellashuvda yaponiyalik Olimpiada chempioni Xifumi Abega qarshi munosib kurashdi.
TOSHKENT, 10 iyul — Sputnik. Vengriya poytaxti Budapeshtda oʻtkazilayotgan dzyudo boʻyicha “Katta dubulgʻa” musobaqasining birinchi kunida oʻzbekistonlik dzyudochi Rahimjon Subhonov kumush medalni qoʻlga kiritdi. Bu haqda Milliy olimpiya qoʻmitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
-66 kg vazn toifasi finalida ishtirok etgan Subhonov hal qiluvchi bellashuvda yaponiyalik Olimpiada chempioni Xifumi Abega qarshi munosib kurashgan, biroq imkoniyatni boy berib qoʻygan va kumush medal bilan kifoyalangan.
“Shu tariqa, Subhonov faoliyatida ilk bor “Katta dubulgʻa” turnirlarida shohsupaga koʻtarilmoqda. Bundan tashqari u jahon reytingi uchun 700, Parij-2024 Olimpiadasi yoʻlida 350 ochkoni oʻz hisobiga qoʻyib qoʻymoqda”, - deyilgan xabarda.
Qayd etilishicha, bungacha Subhonov jahon reytingida 197-pogʻonada joylashgan edi. Uning bugungi kumush medali yangi haftada kuchli 50 talikka kirishi uchun zamin yaratadi.
Yangiliklar lentasi
0