Jamiyat

Samarqand-Moskva samolyoti texnik sabablarga koʻra aeroportga qaytdi

© Sputnik / Vladimir Sergeev / Fotobankka oʻtishPassajirskiy samolet v nebe nad Moskvoy
Passajirskiy samolet v nebe nad Moskvoy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Hozir Sukhoi Superjet 100 layneri aeroportning zaxira yoʻlagida turibdi. Uning bortida boʻlganlar jabrlanmagan.
TOSHKENT, 10 iyul — Sputnik. “Rossiya” aviakompaniyasining Sukhoi Superjet 100 samolyoti 10 iyul, yakshanba kuni ertalab Samarqanddan Moskvaga uchdi, biroq texnik sabablarga koʻra aeroportga qaytdi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
“Rossiya” aviakompaniyasining FV-6552 reysi bugun jadval boʻyicha soat 07:17 da Samarqand xalqaro aeroportidan Moskvaga uchdi. Texnik sabablarga koʻra ekipaj aeroportga qaytish toʻgʻrisida qaror qabul qildi va soat 9:00 da kelib qoʻndi”, - deya maʼlum qilgan Samarqand aeroporti xodimi.
Aniqlik kiritilishicha, hozir Sukhoi Superjet 100 layneri aeroportning zaxira yoʻlagida turibdi, uning bortida boʻlganlar jabrlanmagan.
Yangiliklar lentasi
0