Britaniya embargoga qaramasdan, yana Rossiyadan dizel xarid qilishi mumkin – OAV

© Sputnik / Aleks MaknotonFlag Velikobritanii
Flag Velikobritanii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.07.2022
Obuna bo‘lish
“Times” gazetasi ma’lumotlariga ko‘ra, qirollikning neftni qayta ishlash sanoati quvvat taqchilligini sezmoqda.
TOShKENT, 11-iyul — Sputnik. Rossiya kiritilgan taqiqqa qaramasdan, Buyuk Britaniyaga dizel yoqilg‘isini sotishdan daromad olishi mumkin. Bu haqda “The Times” gazetasi yozmoqda.
Ta’kidlanishicha, Britaniya neftni qayta ishlash sanoati quvvat taqchilligini sezmoqda. Nashr Rossiya yoqilg‘isi Britaniyaga sanksiyalarni chetlab o‘tish uchun uchinchi mamlakatlardan import qilishini ehtimoli borligini qayd etgan.
Gazeta ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi bir necha oy davomida Hindiston pasaytirilgan narxlarda Rossiya xom nefti importini keskin oshirgan. O‘z navbatida Hindistonning neftni qayta ishlash zavodlari allaqachon Buyuk Britaniyaga dizel yoqilg‘isini yetkazib berishmoqda. Bunday yetkazib berishlarning so‘nggi partiyasi aprel oyida yetib kelgan.
“Refinitiv” Amerika-Britaniya kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, Ukrainada maxsus operatsiya boshlangandan buyon Buyuk Britaniya Rossiyadan 800 mln funt sterlinglik (qariyb 960 mln dollar) dizel yoqilg‘isini import qilgan.
Yangiliklar lentasi
0