Rossiya

Yevropaga “Shimoliy oqim” boʻyicha gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatildi

© Sputnik / Aleksey VitvitskiyGotovaya chast gazoprovoda "Severnыy potok", arxivnoye foto
Gotovaya chast gazoprovoda Severnыy potok, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Yevropaga “Shimoliy oqim” orqali Rossiya gazini yetkazib berish 11-21 iyul kunlari profilaktik ishlari sabab toʻxtatiladi.
TOSHKENT, 11 iyul — Sputnik. Yevropaga “Shimoliy oqim” boʻyicha gaz yetkazib berish 11 iyul kuni Moskva vaqti bilan soat 7:00 da vaqtincha toʻxtatildi. Bu haqda RIA Novosti Nord Stream AG kompaniyasi maʼlumotlariga tayangan holda xabar qilmoqda.
Taʼkidlanishicha, yetkazib berish kompaniyaning profilaktik ishlari sabab toʻxtatilgan. Quvurlarning mexanik qismlari va avtomatizatsiya tizimlari sinovdan oʻtkaziladi. Texnik ishlari 21 iyul kuni yakunlanishi kutilmoqda.
Bu davr davomida Rossiya gazi Gʻarbiy va Markaziy Yevropaga Ukraina orqali faqat tranzit yoʻli bilan yetkazib beriladi.
Yangiliklar lentasi
0