https://oz.sputniknews-uz.com/20220711/qoraqalpogistonlik-abiturientlar-uchun-otmga-qabul-muddati-uzaytiriladi-26078777.html
Qoraqalpogʻistonlik abituriyentlar uchun OTMga qabul muddati uzaytiriladi
Qoraqalpogʻistonlik abituriyentlar uchun OTMga qabul muddati uzaytiriladi
Oliy taʼlim vazirligi Qoraqalpogʻistondagi internet bilan bogʻliq muammolar tufayli respublikadagi abituriyentlar uchun qabul muddati uzaytirilishini maʼlum qildi.
2022-07-11T09:20+0500
2022-07-11T09:20+0500
2022-07-11T09:20+0500
jamiyat
qoraqalpogʻiston
otm
abituriyent
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e5/08/11/20105036_0:156:3001:1844_1920x0_80_0_0_68061565b3253bc4c70a58b405fa8894.jpg
TOSHKENT, 11 iyul — Sputnik. Qoraqalpogʻistondagi internet bilan bogʻliq muammolar tufayli respublikadagi abituriyentlar uchun OTMlarga qabul muddati uzaytiriladi. Bu haqda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.Kecha, 10 iyul kuni, OTMning chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon oʻtkaziladigan taʼlim yoʻnalishlari hamda akademik litseylarga qabulning soʻnggi kuni edi. Taʼkidlanishicha, hozirda Qoraqalpogʻiston hududida internet tizimida ayrim texnik nosozliklar tufayli hujjatlarni onlayn topshirishda uzilishlar kuzatilmoqda.Qayd etilishicha, ushbu masala tez orada ijobiy yechimini topadi va bu haqidagi maʼlumot qoraqalpogʻistonlik abituriyentlar hamda ularning ota-onalariga (Beeline, Uzmobile, Ucell, UMS, Perfectum mobile) SMS xabar tarzida, shuningdek, hududiy telekanallar orqali yetkaziladi.Eslatib oʻtamiz, roʻyxatdan oʻtish Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va Davlat test markazi veb-sayti orqali amalga oshiriladi.Abituriyentlarga test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi va ketma-ketligi bir xil boʻlgan beshtagacha bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarini hamda bir vaqtning oʻzida barcha taʼlim shakllarini (kunduzgi, sirtqi, kechki, masofaviy) tanlash huquqi beriladi.Test sinovlari ochiq maydonlarda oʻtkaziladi - DTMShuningdek, roʻyxatdan oʻtish jarayonida tanlangan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari ustuvorligiga qarab dastlab davlat granti, keyinchalik toʻlov-kontrakt asosida tanlovda ishtirok etish imkoniyati beriladi.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e5/08/11/20105036_166:0:2833:2000_1920x0_80_0_0_8e0c9ccf0e68c0a61a0696e6dc756cf8.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
qoraqalpogʻiston abituriyentlar qabul muddati
qoraqalpogʻiston abituriyentlar qabul muddati
Qoraqalpogʻistonlik abituriyentlar uchun OTMga qabul muddati uzaytiriladi
Oliy taʼlim vazirligi Qoraqalpogʻistondagi internet bilan bogʻliq muammolar tufayli respublikadagi abituriyentlar uchun qabul muddati uzaytirilishini maʼlum qildi.
TOSHKENT, 11 iyul — Sputnik. Qoraqalpogʻistondagi internet bilan bogʻliq muammolar tufayli respublikadagi abituriyentlar uchun OTMlarga qabul muddati uzaytiriladi. Bu haqda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi matbuot xizmati
xabar berdi. Kecha, 10 iyul kuni, OTMning chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon oʻtkaziladigan taʼlim yoʻnalishlari hamda akademik litseylarga qabulning soʻnggi kuni edi. Taʼkidlanishicha, hozirda Qoraqalpogʻiston hududida internet tizimida ayrim texnik nosozliklar tufayli hujjatlarni onlayn topshirishda uzilishlar kuzatilmoqda.
“Ammo xavotirga oʻrin yoʻq. Bu jarayon hukumat tomonidan toʻliq nazoratga olingan boʻlib, hozirda hujjat topshirishga ulgura olmagan qoraqalpogʻistonlik yoshlar uchun onlayn roʻyxatdan oʻtish muddati uzaytirilishi kutilmoqda”, - deyiladi vazirlik xabarida.
Qayd etilishicha, ushbu masala tez orada ijobiy yechimini topadi va bu haqidagi maʼlumot qoraqalpogʻistonlik abituriyentlar hamda ularning ota-onalariga (Beeline, Uzmobile, Ucell, UMS, Perfectum mobile) SMS xabar tarzida, shuningdek, hududiy telekanallar orqali yetkaziladi.
Eslatib oʻtamiz, roʻyxatdan oʻtish Yagona interaktiv davlat xizmatlari
portali va Davlat test markazi
veb-sayti orqali amalga oshiriladi.
Abituriyentlarga test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi va ketma-ketligi bir xil boʻlgan beshtagacha bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarini hamda bir vaqtning oʻzida barcha taʼlim shakllarini (kunduzgi, sirtqi, kechki, masofaviy) tanlash huquqi beriladi.
Shuningdek, roʻyxatdan oʻtish jarayonida tanlangan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari ustuvorligiga qarab dastlab davlat granti, keyinchalik toʻlov-kontrakt asosida tanlovda ishtirok etish imkoniyati beriladi.