Hodisalar

Sirdaryodagi xonadonlarning birida oʻq-dorilar noqonuniy saqlanayotgani aniqlandi - foto

© Sputnik / Viktor TolochkoPatronы, arxivnoye foto
Patronы, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Yangiyer shahrida fuqaro molxonasida 10 dona oʻq-dorini noqonuniy saqlab kelayotgani aniqlandi.
TOSHKENT, 11 iyul — Sputnik. Sirdaryo viloyatining Yangiyer shahrida yashovchi fuqaroning uyida noqonuniy ravishda oʻq-dorilar saqlanayotgani aniqlandi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.
Yangiyer shahrida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tezkor tadbir olib borishgan va fuqaro Q.T. ning (1988 yilda tugʻilgan) hovlisini koʻzdan kechirishgan. Tekshiruv natijasida uning molxonasida 10 dona oʻq-dorilar noqonuniy saqlanayotgani aniqlanib, daliliy ashyo sifatida olingan.
© Foto: Sirdaryo viloyati IIB matbuot xizmatiSirdaryodagi xonadonlarning birida oʻq-dorilar saqlanayotgani aniqlandi
Sirdaryodagi xonadonlarning birida oʻq-dorilar saqlanayotgani aniqlandi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.07.2022
Sirdaryodagi xonadonlarning birida oʻq-dorilar saqlanayotgani aniqlandi
Hozir bu holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv va surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0