Siyosat

YEIK rahbari Toshkentga keldi

© Izdaniye "Narodnoye slovo"Predsedatel kollegii YEEK Mixail Myasnikovich
Predsedatel kollegii YEEK Mixail Myasnikovich - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Myasnikovich Oʻzbekistonga rasmiy tashrif bilan keldi.
TOSHKENT, 12 iyul — Sputnik. Kecha, 11 iyul kuni Mixail Myasnikovich boshchiligida Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YEIK) delegatsiya rasmiy tashrif bilan Oʻzbekistonga keldi, deb xabar berdi YEIK matbuot xizmati.
Tashrif doirasida Myasnikovich prezident Shavkat Mirziyoyev, shuningdek, bosh vazir oʻrinbosari Sardor Umurzoqov bilan uchrashuv oʻtkazish rejalashtirilgan.
Uchrashuvlar davomida tomonlar YEOII va Oʻzbekistonning ittifoqda kuzatuvchi - davlat sifatida oʻzaro hamkorligini oshirishga qaratilgan qator hujjatlarni imzolash rejalashtirilmoqda.
Bugungi kunda YEOII beshta davlatni oʻz ichiga oladi: Armaniston, Belarus, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Rossiya.
Oʻzbekiston, Moldova va Kuba kuzatuvchi - davlat maqomida. Oʻzbekiston tashkilotga toʻliq aʼzo boʻlish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda.
Yangiliklar lentasi
0