Ikkinchi mutaxassislikka hujjatlar qabuli boshlandi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishStudenti, arxivnoe foto
Studenti, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.07.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston OTMlaridagi ikkinchi mutaxassislikka hujjatlar10 avgustga qadar qabul qilinadi.
TOShKENT, 12-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalaridagi ikkinchi mutaxassislikka hujjatlar qabuli boshlandi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Davlat oliy ta’lim muassasalariga ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot bo‘yicha o‘qitishga nomzodlardan arizalar vazirlikning ikkinchitalim.edu.uz platformasi orqali onlayn qabul qilinadi.
Bunda nomzodlar platformada:
o‘z pasport ma’lumotlari, JShShIR ma’lumoti haqida axborotlarni kiritadi;
diplom va uning ilovasi elektron nusxasini yuklaydi;
o‘qish istagini bildirgan oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yo‘nalishini tanlaydi.
Bunda, xorijiy davlatlar ta’lim muassasalarining 1992-yil 1-yanvardan keyin berilgan diplomlari belgilangan tartibda nostrifikatsiyadan o‘tkazilgan bo‘lishi lozim.
Ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot bo‘yicha o‘qitish to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. Arizalar 10-avgustga qadar qabul qilinadi.
Yangiliklar lentasi
0