https://sputniknews-uz.com/20220713/estoniya-sudi-sputnik-meedia-ofisidagi-tintuvni-noqonuniy-deb-topdi-26136272.html
Estoniya sudi Sputnik Meedia ofisidagi tintuvni noqonuniy deb topdi
Estoniya sudi Sputnik Meedia ofisidagi tintuvni noqonuniy deb topdi
Estoniya hukumati aprel oyida Cherishevani goʻyoki tinchlikka qarshi jinoyat sodir etish hamda xalqaro sanktsiyalarni buzish gumoni bilan qoʻlga olgandi. 13.07.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-07-13T12:18+0500
2022-07-13T12:18+0500
2022-07-13T12:18+0500
dunyoda
estoniya
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/07/0d/26135987_0:63:1201:738_1920x0_80_0_0_e6e6d98f66ca26d3ca020909273640cf.jpg
TOSHKENT, 13 iyul — Sputnik. Sputnik Meedia sobiq rahbari Yelena Cherisheva Estoniya sudi uning uyi va Sputnik Meedia tahririyatining ofisidagi tintuvni noqonuniy deb topganini maʼlum qildi.Cherisheva, shuningdek, Xaryu uyezd sudi uning himoyachisining unga shaxsiy mul-mulklarining bir qismini qaytarish toʻgʻrisidagi shikoyatini qanoatlantirganini aytdi.Estoniya hukumati aprel oyida Cherishevani goʻyoki tinchlikka qarshi jinoyat sodir etish hamda xalqaro sanktsiyalarni buzish gumoni bilan qoʻlga olgandi. Keyin undan mamlakatdan chiqib ketmaslik haqida tilxat olib qoʻyib yuborishdi.Cherisheva sudning 7 iyuldagi qaroridan voqealar xronologiyasini bilib olgan. Jumladan, 5 aprel kuni prokuratura vakili Taavi Pern tintuv oʻtkazishga ruxsat bergan. 6 aprel kuni Cherishevani qoʻlga olishgan, uning uyida tintuv oʻtkazishgan, turmush oʻrtogʻini esa Sputnik Meedia sobiq ofisiga olib borishgan. Tintuvdan 16 soat oʻtib Cherishevani tergov izolyatoriga olib ketishgan.Jurnalist 12 aprel kuni prokuratura Tallin okrug sudiga Xaryu uyezdi sudining 8 apreldagi qarori ustidan shikoyat keltirgan, biroq Tallin sudi qarorni oʻzgartirishsiz qoldirgan.Eslatib oʻtamiz, mart oyining boshida Estoniyaning Sputnik Meedia nashri mahalliy bank va rasmiylarining bosimi va cheklovlari, shuningdek, xodimlariga tahdidlar tufayli oʻtkazilishiga duch kelgan va oʻz faoliyatini toʻxtatishga majbur boʻlgan edi.Sputnik Meedia nashri Sputnik Estoniyaning sobiq xodimlari tomonidan tashkil qilingan boʻlib, toʻrt yillik faoliyatidan soʻng, 2020 yilda mahalliy hukumat va politsiya tahdidlari tufayli yopilgan edi.Mavzuga oid:
estoniya
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/07/0d/26135987_66:0:1133:800_1920x0_80_0_0_4f9042f1936e6595b9fb343e76257d70.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
estoniya
Estoniya sudi Sputnik Meedia ofisidagi tintuvni noqonuniy deb topdi
Estoniya hukumati aprel oyida Cherishevani goʻyoki tinchlikka qarshi jinoyat sodir etish hamda xalqaro sanktsiyalarni buzish gumoni bilan qoʻlga olgandi.
TOSHKENT, 13 iyul — Sputnik. Sputnik Meedia sobiq rahbari Yelena Cherisheva Estoniya sudi uning uyi va Sputnik Meedia tahririyatining ofisidagi tintuvni noqonuniy deb topganini maʼlum qildi.
Cherisheva, shuningdek, Xaryu uyezd sudi uning himoyachisining unga shaxsiy mul-mulklarining bir qismini qaytarish toʻgʻrisidagi shikoyatini qanoatlantirganini aytdi.
Estoniya hukumati aprel oyida Cherishevani goʻyoki tinchlikka qarshi jinoyat sodir etish hamda xalqaro sanktsiyalarni buzish gumoni bilan qoʻlga olgandi. Keyin undan mamlakatdan chiqib ketmaslik haqida tilxat olib qoʻyib yuborishdi.
Cherisheva sudning 7 iyuldagi qaroridan voqealar xronologiyasini bilib olgan. Jumladan, 5 aprel kuni prokuratura vakili Taavi Pern tintuv oʻtkazishga ruxsat bergan. 6 aprel kuni Cherishevani qoʻlga olishgan, uning uyida tintuv oʻtkazishgan, turmush oʻrtogʻini esa Sputnik Meedia sobiq ofisiga olib borishgan. Tintuvdan 16 soat oʻtib Cherishevani tergov izolyatoriga olib ketishgan.
“8 aprel kuni prokuratura Xaryu uyezdi sudining dastlabki tergov sudyasiga tintuv uchun order va orderni joiz va asosli deb topishni soʻrab qoʻshimcha hujjatlarni yoʻllagan. Sudya tintuvni joiz deb topmagan. Sudning aniqlik kiritishicha, faoliyati jurnalistika maqsadlarida axborotni qayta ishlash bilan bogʻliq shaxslarning uyida tintuv faqat dastlabki tergov sudyasi qarori yoki sud ajrimi asosida oʻtkazilishi mumkin”, - dedi Cherisheva RIA Novosti bilan suhbatda.
Jurnalist 12 aprel kuni prokuratura Tallin okrug sudiga Xaryu uyezdi sudining 8 apreldagi qarori ustidan shikoyat keltirgan, biroq Tallin sudi qarorni oʻzgartirishsiz qoldirgan.
Eslatib oʻtamiz, mart oyining boshida Estoniyaning Sputnik Meedia nashri mahalliy bank va rasmiylarining bosimi va cheklovlari, shuningdek, xodimlariga tahdidlar tufayli oʻtkazilishiga duch kelgan va oʻz faoliyatini toʻxtatishga majbur boʻlgan edi.
Sputnik Meedia nashri Sputnik Estoniyaning sobiq xodimlari tomonidan tashkil qilingan boʻlib, toʻrt yillik faoliyatidan soʻng, 2020 yilda mahalliy hukumat va politsiya tahdidlari tufayli yopilgan edi.
Mavzuga oid: