Favqulodda holat va iste’foga chiqqan prezident: Shri-Lankada nimalar ro‘y bermoqda

© AFP 2023Demonstranti prinimayut uchastie v antipravitelstvennoy aksii protesta v Kolombo
Demonstranti prinimayut uchastie v antipravitelstvennoy aksii protesta v Kolombo - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.07.2022
Obuna bo‘lish
Shri-Lankada apreldan buyon davom etib kelayotgan norozilik namoyishlari prezidentning iste’foga chiqishi, mamlakatda favqulodda holat e’lon qilinishiga olib keldi.
TOShKENT, 13-iyul — Sputnik. Shri-Lankada norozilik namoyishlari ortidan prezident Gotabaya Rajapaksa iste’foga chiqib mamlakatni tark etdi. Bosh vazir Ranil Vikramasingxe davlat rahbari vakolatlariga ega bo‘ldi. Mamlakatda davom etayotgan norozilik namoyishlari favqulodda holat joriy etishga olib keldi.

Hukumat o‘zgarishi

Shri-Lankiprezidenti 12-iyul kuni iste’foga chiqish to‘g‘risidagi arizaga imzo chekdi. 13-iyulga o‘tar kechasi u rasman vakolatlarini bosh vazirga topshirdi va o‘z qarorini “mamlakatdan uzoqda ekanini” bilan izohladi.
Rajapaksa haqiqatdan orolni mahalliy vaqt bilan soat 03:00 tark etgan va birinchi xonim hamrohligida harbiy samolyotda Maldivga kelgan.

Favqulodda holat rejimi

Shri-Lanki hukumati siyosiy nomuayanlik sabab zo‘ravonlik holatlari ortib ketishidan xavotir olishmoqda. Vikramasingxe mamlakatda favqulodda holat e’lon qildi, orol g‘arbida komendantlik soati kiritilgan.
Bosh vazir namoyishchilar harakatlanayotgan yengil va yuk mashinalarini musodara qilishni buyurdi. Temir yo‘llar ishlashda davom etishadi.
Harbiylar muxolifat unga efir vaqtini ajratishni talab qilgandan so‘ng teleradio kompaniyalari ofislarini qo‘riqlashni boshlashdi.
Amerika elchixonasi “xavfsizlik nuqtayi nazaridan kelib chiqib” konsul xizmatlarini ko‘rsatishni to‘xtatib qo‘ydi, Rossiya elchixonasi odatiy ravishda ishlamoqda.

Qarorgohlarga uyushtirilgan hujum

Namoyishchilar o‘tgan shanba kuni prezident qarorgohiga hujum qilib, unga bostirib kirishdi. Endi mamlakatning butun hududi bo‘ylab odamlar unga kirish uchun Kolomboga kelishmoqda. Ular u yerdagi basseynda cho‘milishga va oshxonada o‘zlariga yegulik tayyorlashga ulgurishdi.
Aksiya ishtirokchilari bosh vazir qarorgohiga ham bostirib kirishga urinishmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarga ko‘ra ular buning uddasidan chiqishgan.

Endi nima bo‘ladi

Prezident lavozimiga bosh vazir Vikramasingxedan tashqari “Shri-Lanka xalq frontidan” bo‘lgan deputut Dalles Alaxapperuma va “Birlashgan milliy kuchlar” muxolifat partiyasi yetakchisi Sajit Premadasu da’vogarlik qilmoqda.
Parlament mamlakatning yangi prezidentini bir haftadan keyin, 20-iyul kuni aniqlaydi. G‘olib bo‘lgan nomzod mamlakatning 2024-yil noyabrigacha boshqaradi.
Yangi davlat rahbarining asosiy vazifalari apreldan buyon davom etib kelayotgan norozilik namoyishlarini to‘xtatish, fuqarolarni yoqilg‘i, oziq-ovqat va birinchi zaruriy tovarlar (aynan ular taqchilligi hozir inqirozni keltirib chiqardi) bilan ta’minlash hamda mamlakat iqtisodiyotini tiklashdan iborat bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0