O‘zbekiston import o‘rnini bosishda Rossiyada asosiy o‘rinni egallamoqda

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaObuv izgotovlennaya uzbekskimi proizvoditelyami
Obuv izgotovlennaya uzbekskimi proizvoditelyami - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.07.2022
Obuna bo‘lish
G‘arb sanksiyalari tufayli Rossiya hukumati import o‘rnini bosish kursini e’lon qildi. O‘zbekiston kompaniyalari imkoniyatlardan keng foydalanib, Rossiya kapitali va o‘z mahsulotlarni yetkazib berishni ko‘paytirmoqda.
TOShKENT, 13-iyul - Sputnik. Rossiya biznesi 2022-yilning yarim yilligida O‘zbekistonda 399 ta korxona yaratgan. Statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu respublikada xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar soni bo‘yicha eng yaxshi ko‘rsatkich.
O‘zbekistonda Rossiya korxonalarining soni yildan-yilga oshib bormoqda. Ayni paytda respublikada Rossiya kapitalidagi 2 654 ta korxona faoliyat ko‘rsatadi. Bu mamlakatda xorijiy investitsiyadagi deyarli har beshinchi kompaniya degani.
Koronavirus pandemiyasi, Rossiyaga qarshi sanksiyalar ham mamlakatda Rossiya kompaniyalarining soni oshishiga to‘sqinlik qila olmadi. G‘arb cheklovlari amerikalik va yevropalik siyosatchilar kutganidek Rossiya iqtisodiyotiga sezilarli ta’sir qilgani yo‘q. Buni Vladimir Putin Peterburgda bo‘lib o‘tgan xalqaro iqtisodiy forumda ham ta’kidlab o‘tdi.
“Rossiyaga qarshi iqtisodiy bliskrig boshidanoq muvaffaqiyatsiz edi. Sanksiya quroli ikki qirrali - u o‘z mafkurachilari va quruvchilariga ko‘proq zarar yetkazadi”- deydi Rossiya yetakchisi.
Rossiyaga qarshi sanksiyalari tufayli Yevropada bo‘lgani kabi Amerikada ham yil boshidan buyon inflyatsiya rekord natijalarni ko‘rsatmoqda. Ekspertlar nafaqat energomanbalar, balki oziq-ovqat mahsulotlari tanqisligi, AQShda retsessiya yuzaga kelishi imkoniyatlarini prognoz qilishmoqda. Bu paytda Rossiya rubli mustahkamlanishda davom etib, iqtisodiyotning aksariyat qismi esa barqaror bo‘lib qolmoqda.

Import o‘rnini bosish dasturi - hamkorlikning yangi istiqbollari

Sanksiyalar tufayli Rossiya import o‘rnini bosish dasturini faollashtirdi. Dastur 2014-yilda boshlangan, Ukrainadagi maxsus harbiy operatsiya boshlanishi va sanksiyalar tufayli faollasha boshladi. Dasturning mohiyati ichki bozorda import qilinadigan tovarlarni mahalliy ishlab chiqarilgan mahsulotlar bilan to‘ldirishdan iborat. Shunday qilib, 2021-yilning so‘nggiga qadar mamlakatda import qilinadigan tovarlar o‘rniga o‘z mahsulotlarni ishlab chiqarish bo‘yicha 1,5 mingta loyiha amalga oshirildi.
Dasturda qo‘shni davlatlar, xususan, O‘zbekistonning o‘rni ahamiyatli. Yil boshidan Rossiya bozorini 150 ga yaqin G‘arb brendlari tark etdi. O‘zbekiston kompaniyalari va Rossiya-O‘zbekiston qo‘shma loyihalari esa bo‘sh qolgan o‘rinlarni to‘ldirish niyatida.
“Bu importning o‘rnini import bilan to‘ldirish degani. Shubhasiz, G‘arb sanksiyalari nafaqat mahalliy mahsulotlarni ko‘paytirishga, balki savdo-sotiq oqimi o‘zgarishiga turtki bo‘lishi kerak. O‘zbekiston bu vaziyatdan foyda ko‘radigan birinchi iqtisodiyot. Chunki G‘arb brendlarining kiyim-kechak sotishdan bosh tortishi Rossiya brendlari uchun ishlab chiqarishni, shuningdek O‘zbekistonda to‘qimachilik va tikuvchilik ishlab chiqarishni ko‘paytirish imkoniyatlarini ochib beradi”, - deydi Rossiya globallashuv va ijtimoiy harakatlar instituti Iqtisodiy tadqiqotlar markazi rahbari Vasiliy Koltashov.

To‘qimachilik sanoati

Bunday hamkorlikning eng muhim sohalaridan biri to‘qimachilik sanoatidir. 2022-yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston qiymati $764 mln. bo‘lgan mahsulot eksport qildi. O‘tgan yilning xuddi shu davri bilan taqqoslaganda, to‘qimachilik mahsluotlari eskporti 20% ga oshgan.
Zarina, Oodji, Sela, Mia Cara, Befree kabi Rossiyaning bir qator taniqli brendlari mahsulotlarini qisman O‘zbekistonda ishlab chiqaradi.
Mia Cara - Rossiyaning mashhur korxonasi- 1787-yilda Ivanovo- Voznesenskiy to‘qimachilik viloyatining bir qismi sifatida tashkil etilgan Teykov paxta zavodi. Bu yerda hozir mashhur ivanov trikotaj kiyim-kechaklari ishlab chiqariladi. Bir necha yil avval kombinat rahbariyati Ivanovo viloyatidagi qator korxonalar vakillari bilan O‘zbekistonda bo‘lib, to‘kimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishda hamkorlik qilishga kelishib olgan.

Maishiy texnika

O‘zbekistonning “Artel Electronics” korxonasi Rossiya bozorida o‘z mahsulotlari yetkazib berish soni ortgani haqida xabar berdi. Kompaniya maishiy texnikalari Rossiya xaridorlari orasida allaqachon ommalashgan. Artel ning muzlatkich, mini-pech va boshqa maishiy jihozlarini "Ozon" va ”DNS” kabi yirik bozorlarda xarid qilish mumkin. Ayni kularda “M.Video” ham O‘zbekiston kompaniyasi mahsulotlariga qiziqish bildirgan.
“Mahsulotlarimiz eksportida Rossiya bozori eng mashhur yo‘nalish bo‘lgan va shunday bo‘lib qoladi”, - deydi kompaniya matbuot xizmati Sputnik muxbiriga. - Xabaringiz bo‘lsa kerak, kompaniyamiz bu yildan boshlab “M.Video-Eldorado” bilan aniq kelishuvlarga ega bo‘ldi.
Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, to‘g‘ri joylashtirish bilan kompaniya mahsulotlari Rossiya bozorining 5 %ni egallashi mumkin.

Charm, jun mahsulotlari va poyabzal

O‘zbekistonning charm ishlab chiqaruvchi korxonalari ancha vaqtdan buyon Rossiya kompaniyalari bilan hamkorlik qilib keladi. Sputnik muxbirining aniqlashicha, “O‘zcharmsanoat” uyushmasi Rossiya charm va poyabzalchilar uyushmasi (RSKO), shuningdek, shaxsiy himoya vositalarini ishlab chiqaruvchilar va yetkazib beruvchilar uyushmasi bilan uzoq muddatli hamkorlik memorandumlarini imzolagan.
Ayni paytda uyushma hamkorlik doirasida Rossiya korxonalari bilan bir qancha loyihalarni amalga oshirmoqda. Xususan, 2018-2019 yillarda “Kara Deri” QK MChJ Rossiyaning “Komplan” MChJ bilan Toshkent viloyatida charm mahsulotlarni ishlab chiqarish bo‘yicha 1,5 million dollarlik investitsiya loyihasini amalga oshirdi.
Toshkent viloyatida “Sochavskiy processing” MChJ Rossiya kapitalini jalb etgan holda junni qayta ishlash loyihasini ishga tushirdi. Shuningdek, rossiyalik investorlar Buxoro viloyatidagi “Sarabel Karakul Diameb” MChJ qorako‘l xomashosi va junni qayta ishlash loyihasida ham ishtirok etdi.
O‘zbekistonning “Art Nur Orto” MChJsi Rossiyaning “Akopan A.S” ART-ORTO YaTT bilan hamkorlikda Farg‘ona viloyatida ortopediya, diabet va profilaktik poyabzallarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi. Loyihaning umumiy qiymati- $1,5 mln.
Uyushma yaqin kelajakda yana ikkita qo‘shma loyiha ishga tushirishni rejalashtirmoqda.
“Charm-poyabzal sanoatida Rossiyaning “Legpromtorg” MChJ ishtirokida 6,7 million dollarlik loyihalarni va charm sanoati uchun kimoviy moddalar ishlab chiqarish uchun “Shebekinskaya industrialnaya ximiya” MChJ bilan $1,3 mln. miqdorida dastlabki kelishuvlarni amalga oshirish rejalashtirilgan”, — deya Sputnik muxbiriga xabar beradi assotsiatsiya matbuot xizmati .
Shu bilan O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan poyabzallar va charm mahsulotlarining Rossiyaga eksporti yildan yilga oshib bormoqda. 2020-yilda eskport $14,7 mln. tashkil etgan bo‘lsa, 2021-yilda $24 mln.ga yetgan. Uyushma mutaxassislari 2022-yilning yakuni bo‘yicha eskport $42 mln.ga yetishini prognoz qilishmoqda. Hozirgi kunda 15 ta korxona Rossiyaga o‘z mahsulotlarini yetkazib beradi. Ammo yil so‘nggiga kelib uyushma 55 ta korxonani eksportga jalb qilmoqchi.
“Rossiya bozoriga chiqish ustuvor vazifa, chunki u tayyor charm, poyabzal, qorako‘l va jun mahsulotlarni eksport qilish bo‘yicha yetakchi bo‘lib turibdi”, — deydi “O‘zcharmsanoat” vakillari.
Yangi investitsiya shartnomalari va eksport kelishuvlarini shakllantirish, muammoli masalalarni hal etish va O‘zbekistonning eksport salohiyatini namoyish etish maqsadida uyushma hatto Rossiya Federatsiyasida o‘z vakolatxonasini ochdi.
Ushbu sa’y-harakatlarning barchasi Rossiya bilan savdo aloqalari o‘sishini rag‘batlantiradi. Shunday qilib, birgina 2022-yilning dastlabki uch oyida O‘zbekiston tovarlarining Rossiyaga eksporti 134 %ga o‘sdi, mamlakatlar o‘rtasidagi tashqi savdo aylanmasi esa $1,860 mln. tashkil etdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 560 mln dollarga ko‘p.
“O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi savdo aloqalari rivojlanishda davom etadi. Rossiya, umuman postsovet makonidagi davlatlar bilan munosabatlarning tiklanishini, boshidan kechirmoqda. Va bundan keyin ham bu aloqalar faol rivojlanadi”, - deya ta’kidlaydi Vasiliy Koltashov.
Yangiliklar lentasi
0