https://sputniknews-uz.com/20220713/serdar-berdimuhamedov-ozbekistonga-davlat-tashrifi-bilan-keladi-26149197.html
Serdar Berdimuhamedov Oʻzbekistonga davlat tashrifi bilan keladi
Serdar Berdimuhamedov Oʻzbekistonga davlat tashrifi bilan keladi
Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Turkmaniston prezidenti 14-15 iyul kunlari davlat tashrifi bilan mamlakatda boʻladi. 13.07.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-07-13T15:07+0500
2022-07-13T15:07+0500
2022-07-13T15:12+0500
siyosat
serdar berdimuhamedov
oʻzbekiston
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/01/11/22238678_168:206:1133:749_1920x0_80_0_0_b13411ed5237868e68847c2502ee1695.jpg
TOSHKENT, 13 iyul — Sputnik. Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov 14-15 iyul kunlari davlat tashrifi bilan Oʻzbekistonda boʻladi. Bu haqda Oʻzbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar bermoqda.Oliy darajadagi muzokaralar kun tartibidan Oʻzbekiston bilan Turkmaniston oʻrtasidagi doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash, koʻp qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalari oʻrin olgan.Asosiy yoʻnalishlardagi amaliy aloqalarning, shu jumladan oʻzaro savdo hajmini oshirish, sanoat kooperatsiyasini yoʻlga qoʻyish, transport-tranzit salohiyatini samarali ishga solish, suv xoʻjaligi sohasida muhim loyihalarni amalga oshirish, hududlararo muloqotni faollashtirish hamda madaniy-gumanitar almashinuv dasturlarini davom ettirish istiqbollari diqqat markazida boʻladi.Davlat rahbarlari xalqaro ahamiyatga molik masalalar va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb jihatlari yuzasidan fikr almashishi kutilmoqda.Sammit yakunida Qoʻshma bayonot va qator ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.Oliy martabali mehmon Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisida uchrashuv oʻtkazishi va Samarqand shahrining diqqatga sazovor joylari bilan tanishishi koʻzda tutilgan.Ushbu tashrifga tayyorgarlik doirasida 1-2 iyul kunlari Toshhovuz shahrida Suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha qoʻshma hukumatlararo komissiyaning tadbirlari muvaffaqiyatli oʻtdi.12 iyul kuni Toshkentda ikki tomonlama munosabatlarni kengaytirish va strategik sheriklik salohiyatini roʻyobga chiqarish masalalariga bagʻishlangan Oʻzbekiston-Turkmaniston ilmiy-amaliy konferentsiyasi boʻlib oʻtdi.Tashrif arafasida Buxoro shahrida birinchi Hududlar forumi, Ishbilarmonlar kengashi yigʻilishi hamda Oʻzbekiston va Turkmanistonning yetakchi korxonalari koʻrgazmasi oʻtkazilmoqda.
oʻzbekiston
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/01/11/22238678_252:217:966:753_1920x0_80_0_0_2e65ee5d4a77038f95e8ad85908f2e4d.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
serdar berdimuhamedov, oʻzbekiston
Serdar Berdimuhamedov Oʻzbekistonga davlat tashrifi bilan keladi
15:07 13.07.2022 (yangilandi: 15:12 13.07.2022) Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Turkmaniston prezidenti 14-15 iyul kunlari davlat tashrifi bilan mamlakatda boʻladi.
TOSHKENT, 13 iyul — Sputnik. Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov 14-15 iyul kunlari davlat tashrifi bilan Oʻzbekistonda boʻladi. Bu haqda Oʻzbekiston prezidenti matbuot xizmati
xabar bermoqda. Oliy darajadagi muzokaralar kun tartibidan Oʻzbekiston bilan Turkmaniston oʻrtasidagi doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash, koʻp qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalari oʻrin olgan.
Asosiy yoʻnalishlardagi amaliy aloqalarning, shu jumladan oʻzaro savdo hajmini oshirish, sanoat kooperatsiyasini yoʻlga qoʻyish, transport-tranzit salohiyatini samarali ishga solish, suv xoʻjaligi sohasida muhim loyihalarni amalga oshirish, hududlararo muloqotni faollashtirish hamda madaniy-gumanitar almashinuv dasturlarini davom ettirish istiqbollari diqqat markazida boʻladi.
Davlat rahbarlari xalqaro ahamiyatga molik masalalar va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb jihatlari yuzasidan fikr almashishi kutilmoqda.
Sammit yakunida Qoʻshma bayonot va qator ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.
Oliy martabali mehmon Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisida uchrashuv oʻtkazishi va Samarqand shahrining diqqatga sazovor joylari bilan tanishishi koʻzda tutilgan.
Ushbu tashrifga tayyorgarlik doirasida 1-2 iyul kunlari Toshhovuz shahrida Suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha qoʻshma hukumatlararo komissiyaning tadbirlari muvaffaqiyatli oʻtdi.
12 iyul kuni Toshkentda ikki tomonlama munosabatlarni kengaytirish va strategik sheriklik salohiyatini roʻyobga chiqarish masalalariga bagʻishlangan Oʻzbekiston-Turkmaniston ilmiy-amaliy konferentsiyasi boʻlib oʻtdi.
Tashrif arafasida Buxoro shahrida birinchi Hududlar forumi, Ishbilarmonlar kengashi yigʻilishi hamda Oʻzbekiston va Turkmanistonning yetakchi korxonalari koʻrgazmasi oʻtkazilmoqda.