Toshkentda elektrosamokat ishtirokidagi YTHda bir kishi halok bo‘ldi

© Sputnik / Anton DenisovSamokati, arxivnoe foto
Samokati, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.07.2022
Obuna bo‘lish
27 yoshli fuqaro elektrosamokatda harakatlanib ketayotib, boshqaruvni yo‘qotgan.
TOShKENT, 13-iyul — Sputnik. Toshkent shahri Shayxontohur tumanida elektrosamokat ishtirokidagi YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Hodisa 5-iyul kuni kuni taxminan soat 01:55 larda tumandagi Qoratosh ko‘chasida ro‘y bergan. 27 yoshli fuqaro S.V. elektrosamokatda harakatlanib ketayotib, boshqaruvni yo‘qotgan. Buning natijasida yo‘ldan chiqib, ariqqa tushib ketgan.
YTH oqibatida elektrosamokat haydovchisi og‘ir tan jarohatlari olib, kasalxonaga yotqizilgan. Biroq ko‘rsatilgan muolajalariga qaramay u 11-iyul kuni vafot etgan.
Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismida (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odam o‘limiga sabab bo‘lishi) nazarda tutilgan jinoyat alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Yangiliklar lentasi
0