Kolumnistlar

Bayden Saudiya Arabistoniga yoʻl oldi, Putin esa - Eronga

© Sputnik / Anton Denisov / Fotobankka oʻtishSamolet prezidenta Rossii Vladimira Putina
Samolet prezidenta Rossii Vladimira Putina - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Bugun ehtimol Jo Bayden hayotidagi va butun karyeracidagi eng muhim tashrifni amalga oshiradi.
U Isroilga va Iordan daryosining gʻarbiy sohiliga tashrif buyuradi va yoʻnalishining soʻnggi manzili Saudiya Arabistoni boʻladi. U yerda nafaqat Ar-Riyod, balki Fors koʻrfazidagi arab davlatlari hamkorlik kengashining yana olti mamlakati, shuningdek, Misr, Iroq va Iordaniyaning taklif etilgan rahbarlari bilan muzorakalar oʻtkazadi. Yaqin Sharq boʻylab sayohat mintaqaning yillar va hatto oʻnlab yillardagi taqdirini belgilab berishi mumkin. Va, albatta global jarayonlar rivojiga taʼsir qiladi. Ammo, bu haqida keyinroq soʻz yuritamiz.
Amerika Qoʻshma Shtatlari hozirgi kunda yoqilgʻi narxlari oʻsishi ortidan kelib chiqqan rekord darajadagi inflyatsiyani boshdan kechirmoqda. Oddiy amerikaliklarning esa “Putinning narxlarni oshirgani” haqidagi choʻpchaklarga ishonishi qiyin- amaldagi prezidentning yashil siyosati hamon ularning yodida. Bundan tashqari, saylovchilar Oliy sudning 40 yil davomida abort qilish konstitutsiyaviy huquqini kafolatlagan “Rou Ueydga qarshi” sud qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi qarori bilan ikkiga boʻlinib, masalani davlat organlariga qoldirdi. Buning fonida Baydenning jamoatchilik qoʻllab-quvvatlovi koʻrsatkichlari halokatli 30% tushib ketdi. Umuman olganda, mamlakat qoʻrqinchli tezlikda “konfederatsiyalashyapti”, va demokratlarning nafaqat noyabrda belgilangan kongress oraliq saylovlarida, balki navbatdagi prezidentlik kampaniyasida magʻlub boʻlish havfi bor.
Vaziyatni toʻgʻrilash maqsadida AQSH prezidenti yaqindagina oʻzi yakkalamoqchi boʻlgan mamlakat- Saudiya Arabistoniga vositachi sifatida tashrif buyurishga majbur boʻldi.
“Energiyaga qaramlik” taqdiridan qochib qutulib boʻlmaydi, ammo Rossiyani yakkalash uchun har qanday ishga tayyor ham turish kerakku.
Bayden juda qattiq koyib turadigan Saudiya Arabistonining merosxoʻr shahzodasi vaqtini zoye oʻtkazmadi va tashrifga tayyorlandi- iyun soʻnggida sunnitlar olamining asosiy mamlakatlari Misr va Turkiyaga bordi. Ommaviy maydonda nutq iqtisodiy hamkorlik haqida bordi, ammo Amerika prezidentining allaqachon qoldirilgan safari oldidan mintaqaviy oʻyinchilar oʻz pozitsiyalarini mustahkamlab olgani aniq.
Va Bayden uchun shunday muhim voqea arafasida maʼlum boʻldiki, uning safaridan soʻng Vladimir Putin nafaqat Rajab Toyyip Erdogʻan bilan muzokaralar oʻtkazadi, balki buni “Ostona formati” sammitida Tehronda amalga oshiradi.
Albatta, Suriya boʻyicha bunday yuqori darajadagi muzokaralarni Turkiyaning u yerda - mamlakat shimolida AQSH faol qoʻllab-quvvatlayotgan kurd tuzilmalariga qarshi navbatdagi maxsus operatsiya oʻtkazish rejalari bilan izohlash mumkin. Xuddi shunday operatsiya Iroqda ham uch oydan beri davom etmoqda. Garchi bu hududni aslida nazorat qilmasada, Damashq bunday qadamni oʻz suverinitetining buzilishi deb hisoblaydi. Bu hududlarni Vashington tomonidan moliyalashtiradigan va qoʻllab-quvvatlanadigan “Suriya demokratik kuchlari” boshqaradi. Ularning asosi kursdlarning oʻzini mudofaa qilish boʻlinmalari hisoblanadi. Ular Asaddan keng avtonomiyani talab qilishmoqda. Anqara, oʻz navbatida, Suriya shimolida 30 kilometrlik xavfsizlik zonasi yaratmoqchi.
Muvofiqlikni hisobga olsak, Moskva ham, Vashington ham Anqaraning bu rejalariga salbiy munosabatda ekani aniq.
AQSH pozitsiyasini oʻzgartirish uchun Erdogʻan Shvetsiya va Finlyandiyaning NATOga kirishi masalasida roziligini bildirdi va bu bilan moslashuvchanlikni namoyish etdi. Ammo prezident Skandinaviya demokratiyalarini ulugʻvor gumanistik qadriyatlardan voz kechishga majbur qildi- ular haqiqatda kurdlarning Turkiyaga ekstraditsiya qilishga rozi boʻlishdi, garchi bir oy avval buni aqlga sigʻmaydigan hodsa deb atashgan boʻlsada.
Bu bilan albatta oldi-berdi tugab qolmaydi: Stokgolm va Xelsinki Anqaraning shartlariga rozi boʻldi, ammo alyansning Madriddagi sammitidan soʻng hech qanday ekstraditsiya haqida gap-soʻz boʻlmaganini aytishdi. Toʻgʻrirogʻi, memorandum fuqarolarni ekstraditsiya qilish boʻyicha barcha soʻrovlar “har tomonlama koʻrib chiqilishini kafolatlaydi”, biroq bu talablarning qanoatlantirishini anglatmaydi. Xuddi shunday Anqaraning roziligi ham ularning chindan ham NATOga aʼzo boʻlishini bildirmaydi- qarorni parlamentda ratifikatsiya qilish kerak boʻladi.
Endi esa Erdogʻanga Suriya boʻyicha rejalarini Kreml bilan muvofiqlashtirish kerak boʻladi. Masala uning Rossiya ittifoqchisi hududida AQSH ittifoqchilariga qarshi kurash uchun nimani taklif qilishga tayyorligida.
Turkiyaning NATOga aʼzoligiga qaramasdan, soʻnggi yillarda ikki mamlakatning aloqalari faol rivojlanyapti. Blok birdamligiga bepisandlik qilgan holda, Turkiya ancha mustaqil siyosat olib bormoqda va Rossiyaga qarshi sanktsiyalarga qoʻshilishga qarshi chiqyapti. Biroq, Kiyevga ham dronlarni yetkazib berishni toʻxtatayotgani yoʻq.
Moskva va Anqara oʻrtasidagi munosabatlar zargarlik diplomatiyasini talab qiladi: ikkala derjavaning yaqinligi va ambitsiyalari tufayli qarama-qarshilik ehtimoli juda katta. Gʻarb bilan integratsiyalashda davom etish Turkiyaning Rossiya bilan munosabatlariga taʼsir qiladi, Erdogʻanning barcha turk xalqlarini qamrab oladigan Buyuk Turonni yaratish gʻoyalari esa Rossiya suverenitetini toʻgʻridan-toʻgʻri xavf ostiga qoʻyadi. Ammo bu loyiha toʻgʻridan-toʻgʻri qarama-qarshilikka olib keladigan bosqichdan hali uzoqda. Umuman, bunday stsenariy har ikki tomon uchun oʻta noxush oqibatlarga olib keladi.
Shu bilan birga Rossiyaning ham Turkiyaning ham hamkorlik maydonlari juda keng: iqtisodiy aspektlarni eʼtiborga olmasa ham, ikki mamlakatga Yaqin Sharqdagi barqarorlik hamda kelishuv suv va havodek zarur.
Demak, Tehron sammitining bunday yuqori darajada tez surʼatlar bilan oʻtayotgan muzokaralari nuqtai nazaridan, boʻlajak uchrashuvlar mavzusi faqat Suriyaga qaratiladi deb ishonish soddalik boʻladi.
Va aynan nima haqida soʻz borishini bilish uchun, umuman mintaqaga nazar solish lozim.
Aftidan, Arab-Isroil mojarosidan keyin Yaqin Sharqdagi eng muhim tektonik boʻlinish Saudiya Arabistoni va Eron oʻrtasidagi qarama-qarshilik boʻlishi mumkin. Sunnitlar va shialar oʻrtasidagi qadimiy diniy qarama-qarshiliklar siyosiy muammolar bilan birga boʻlgan: 2016 yilda mamlakatlar yana bir bor diplomatik aloqalarni toʻxtatdi, ammo 2021 yildan boshlab, dialoglar tiklashi istiqbollari sezildi.
Va agar Rossiya oʻz xavfsizligi uchun asosiy mintaqaviy oʻyinchilar oʻrtasidagi barqaror munosabatlardan manfaatdor boʻlsa- (chunki Yaqin Sharqda boshqa ISHID paydo boʻlish xavfi doimo bor), AQSH uchun esa mintaqadagi tinchlik qulay narxlarda neftga ega boʻlmagani uchun kerak. Buning uchun tinchlik shart emas, shunchaki konlarni nazorat qilish kifoya- Suriya misoli hammaga maʼlum. Ammo, Ar-Riyodning Tehron bilan Moskva vositachiligida yarashuvi esa AQShning Rossiyani yakkalab qoʻyish va “tsivilizatsiyalashgan dunyoni arzon yoqilgʻi bilan taʼminlash”dagi urinishlarini chippakka chiqaradi.
Yangiliklar lentasi
0