Buxoroda fuqaro xonadoniga antiqa qush kirib qoldi

© Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi Buxoroda fuqaro xonadoniga antiqa qush kirib qoldi
Buxoroda fuqaro xonadoniga antiqa qush kirib qoldi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.07.2022
Obuna bo‘lish
Xonadon ko‘zdan kechirilganda, noyob qush Qizil kitobga kiritilganligi ma’lum bo‘ldi.
TOShKENT, 14-iyul — Sputnik. Buxorodagi xonadonlarning biriga kirib qolgan yo‘rg‘a tuvaloq tabiat qo‘yniga qo‘yib yuborildi. Bu haqida Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi xabar berdi.
Aytilishicha, 14-iyul kuni Jondor tumanida yashovchi fuqaro tuman Ekologiya bo‘limiga telefon orqali murojaat etib, xonadoniga antiqa qush kirib qolganligi to‘g‘risida xabar bergan.
“Ekologiya inspektorlari tezkorlik bilan aytilgan manzilga yetib borishdi va ushbu noyob qush Qizil kitobga kiritilgan yo‘rg‘a tuvaloq ekanligini aniqlashdi”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, yo‘rg‘a tuvaloqning holati ko‘zdan kechirilib, uning sog‘lom ekani ma’lum bo‘lgan.
Shundan so‘ng, u Buxoro viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi inspektorlari bilan hamkorlikda tabiat qo‘yniga qo‘yib yuborildi.
Yangiliklar lentasi
0