Jamiyat

Oʻzbekistonda rekord darajadagi jazirama kutilmoqda

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPiknichok i zona otdыxa v odnom iz gorodskix fontanov stolitsы
Piknichok i zona otdыxa v odnom iz gorodskix fontanov stolitsы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
17-22 iyul kunlari Oʻzbekistonda havo harorati +47 darajagacha koʻtariladi.
TOSHKENT, 14 iyul — Sputnik. 17-22 iyul kunlari Oʻzbekistonda havo harorati +44...+47 darajagacha koʻtariladi. Bu haqda Oʻzgidromet xabar berdi.
Qayd etilishicha, Oʻzbekiston hududiga Turkmaniston orqali Eron hududlaridan issiq havo kirib kelishi kuchayishi sababli kunduz kunlari havo harorati:
Qoraqalpogʻiston Respublikasida, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida +44...+47 darajagacha;
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida +42...+45 darajagacha;
Fargʻona vodiysi viloyatlarida +41...+43 darajagacha koʻtariladi.
Respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol chang toʻzonlar bilan 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Ayrim joylarda shamol 22-25 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Oʻzgidromet mutaxassisi Erkin Abdulahatovning yozishicha, Toshkent viloyati uchun +45 darajalik issiq harorat kutilmasi bu mutlaq rekord issiqlik qiymatidir.
Toshkent shahrida mutlaq eng yuqori harorat +44,6 darajaga yetgan. Agarda mazkur kutilajak va davomli issiqlik toʻlqini Toshkentda +45 darajalik issiqlikni taqdim etsa, shubhasiz, rekord yangilanadi.
Yangiliklar lentasi
0