https://oz.sputniknews-uz.com/20220714/shota-rustaveli-kochasi-toliq-rekonstruktsiya-qilinadi-26191934.html
Shota Rustaveli koʻchasi toʻliq rekonstruktsiya qilinadi
Shota Rustaveli koʻchasi toʻliq rekonstruktsiya qilinadi
“Grand Mir Hotel” mehmonxonasidan Yangi Sergeli koʻchasiga qadar 6,5 km yoʻl qismida rekonstruktsiya ishlari olib boriladi. 14.07.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-07-14T17:26+0500
2022-07-14T17:26+0500
2022-07-14T17:26+0500
jamiyat
jahongir ortiqxoʻjayev
yangi qaror
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/06/0f/25339586_0:223:2849:1826_1920x0_80_0_0_6af5702a2770dfbdb77effe2d3c4c8a6.jpg
TOSHKENT, 14 iyul — Sputnik. Toshkent shahri Yakkasaroy tumanidagi Shota Rustaveli koʻchasi toʻliq rekonstruktsiya qilinadi. Bu boʻyicha 13 iyul kuni poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxoʻjayev qaror imzoladi.Hujjatga koʻra, tumanda joylashgan “Grand Mir Hotel” mehmonxonasidan Yangi Sergeli koʻchasiga qadar 6,5 km yoʻl qismi rekonstruktsiya qilinadi. Shuningdek, obodonlashtirish, drenaj va sugʻorish tizimi, yoʻl boʻyida piyodalar va velospedchilar yoʻlaklarini barpo etish rejalashtirilgan.Hokimlik huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” kompaniyasi loyihalash va qurilish, taʼmirlash hamda obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish boʻyicha buyurtmachi etib belgilandi.Obʼyektda amalga oshiriladigan ishlar uchun talab qilinadigan mablagʻ Toshkent shahar mahalliy byudjetidan qoplash sharti bilan tijorat banklaridan kreditlar jalb qilinadi.Eslatib oʻtamiz, avvalroq Shota Rustaveli koʻchasi obodonlashtirilayotgani maʼlum qilingandi. Ushbu koʻchada joylashgan Shota Rustaveli haykalini asli saqlangan holda, salobatini yoʻqotmaslik maqsadida 50 smga balandroq koʻtarish ham rejalashtirilgan.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/06/0f/25339586_59:0:2790:2048_1920x0_80_0_0_f97b39be58dda056fcea7668e87c44c0.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
jahongir ortiqxoʻjayev , yangi qaror
Shota Rustaveli koʻchasi toʻliq rekonstruktsiya qilinadi
“Grand Mir Hotel” mehmonxonasidan Yangi Sergeli koʻchasiga qadar 6,5 km yoʻl qismida rekonstruktsiya ishlari olib boriladi.
TOSHKENT, 14 iyul — Sputnik. Toshkent shahri Yakkasaroy tumanidagi Shota Rustaveli koʻchasi toʻliq rekonstruktsiya qilinadi. Bu boʻyicha 13 iyul kuni poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxoʻjayev qaror
imzoladi. Hujjatga koʻra, tumanda joylashgan “Grand Mir Hotel” mehmonxonasidan Yangi Sergeli koʻchasiga qadar 6,5 km yoʻl qismi rekonstruktsiya qilinadi. Shuningdek, obodonlashtirish, drenaj va sugʻorish tizimi, yoʻl boʻyida piyodalar va velospedchilar yoʻlaklarini barpo etish rejalashtirilgan.
Hokimlik huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” kompaniyasi loyihalash va qurilish, taʼmirlash hamda obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish boʻyicha buyurtmachi etib belgilandi.
Obʼyektda amalga oshiriladigan ishlar uchun talab qilinadigan mablagʻ Toshkent shahar mahalliy byudjetidan qoplash sharti bilan tijorat banklaridan kreditlar jalb qilinadi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Shota Rustaveli koʻchasi obodonlashtirilayotgani maʼlum
qilingandi. Ushbu koʻchada joylashgan Shota Rustaveli haykalini asli saqlangan holda, salobatini yoʻqotmaslik maqsadida 50 smga balandroq koʻtarish ham rejalashtirilgan.