Dunyoda

Tanzaniyada nomaʼlum kasallik tarqalmoqda

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Fotobankka oʻtishSotrudnitsa nauchno-issledovatelskoy laboratorii. Arxivnoye foto
Sotrudnitsa nauchno-issledovatelskoy laboratorii. Arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Kasallanganlar soni oʻndan oshdi, mamlakatning uch nafar fuqarosi vafot etdi.
TOSHKENT, 14 iyul — Sputnik. Tanzaniya janubida oʻndan ortiq inson burundan qon ketish alomotlari bilan nomaʼlum kasallikka chalindi. Bu haqda Citizen mahalliy nashri xabar berdi.
“12 iyul holatiga koʻra, nomaʼlum kasallik aniqlangan bemorlar soni 11 nafar boʻlib, ulardan 3 nafari vafot etgan”, deydi davlat tibbiy xizmati rahbari Ayfelo Sichvale.
Aytilishicha, epidemiya Lindi viloyatida sodir boʻlgan. 5-7 iyul kunlari ushbu hududdagi kasalxonalarga isitma, holsizlik, burundan qon ketish va bosh ogʻrigʻi alomatlari bilan bemorlar keltirilgan.
Tanzaniya prezidenti Samiya Hasan Suluxuning taʼkidlashicha, kasallik atrof-muhitning buzilishi oqibatlari bilan bogʻliq.
Uning soʻzlariga koʻra, odamlarning yonida yashovchi yovvoyi hayvonlarning ayrim turlari virus tashuvchilar boʻlishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0