https://sputniknews-uz.com/20220714/toshkentda-shht-va-mdhga-azo-davlatlarning-sanoat-vazirlari-yigilishadi-26173844.html
Toshkentda SHHT va MDHga aʼzo davlatlarning sanoat vazirlari yigʻilishadi
Toshkentda SHHT va MDHga aʼzo davlatlarning sanoat vazirlari yigʻilishadi
Yigʻilish ishtirokchilari SHHT va MDH doirasida sanoatni rivojlantirish, moddiy va moliyaviy resurslarni jalb qilish boʻyicha hamkorlikni yanada jadallashtirish... 14.07.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-07-14T10:35+0500
2022-07-14T10:35+0500
2022-07-14T10:35+0500
siyosat
shanxay hamkorlik tashkiloti
mdh
toshkent
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e5/09/14/20567954_0:177:3015:1873_1920x0_80_0_0_3f70207587c76c35d5d48b9cd5eaa967.jpg
TOSHKENT, 14 iyul — Sputnik. Ertaga, 15 iyul kuni Toshkent shahrida Oʻzbekiston raisligida Shanxay hamkorlik tashkilotiga (SHHT) aʼzo davlatlar sanoat vazirlari yigʻilishi hamda Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga (MDH) aʼzo davlatlarning Sanoat siyosati boʻyicha Kengashining VIIIyigʻilishi boʻlib oʻtadi. Bu haqda Oʻzbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi. Qayd etilishicha, tadbirlarda Hindiston, Pokiston, Qirgʻiziston, Tojikiston sanoat vazirlari, Belarus, Rossiya, Qozogʻiston, Xitoy tarmoq vazirlarining oʻrinbosarlari, SHHT bosh kotibi Chjan Min, MDH Ijroiya qoʻmitasi raisining oʻrinbosari Ilhomjon Neʼmatov, shuningdek, Rossiya va Qozogʻiston ishbilarmon doiralari vakillari ishtirok etadi.Yigʻilish ishtirokchilari ushbu SHHT va MDH doirasida sanoatni rivojlantirish, kooperatsiya asosida sanoat ishlab chiqarish hajmining barqaror oʻsishini taʼminlash, qoʻshma investitsiya loyihalarini amalga oshirish, yangi texnologiyalarni joriy etish, moddiy va moliyaviy resurslarni jalb qilish, mehnat unumdorligini oshirish va sanoat mahsulotlarini diversifikatsiya qilish boʻyicha hamkorlikni yanada jadallashtirish hamda kengaytirish masalalarini muhokama qiladi.Uchrashuvlar chogʻida SHHT va MDH ga aʼzo davlatlar sanoatini rivojlantirishga qaratilgan qator muhim hujjatlar tasdiqlanishi kutilmoqda.“Xususan, Shanxay tashkilotiga aʼzo davlatlar vazirlari SHHT mamlakatlari ishbilarmon doiralari oʻrtasida sanoat kooperatsiyasini ragʻbatlantirish dasturi loyihasini maʼqullaydi. Mazkur hujjat Tashkilotning Samarqand sammiti kun tartibiga tasdiqlash uchun kiritiladi. MDHga aʼzo davlatlar sanoat vazirlari yigʻilishida ham ushbu yoʻnalishdagi hamkorlikka doir hujjat tasdiqlanishi kutilmoqda”, -deyiladi xabarda.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e5/09/14/20567954_142:0:2873:2048_1920x0_80_0_0_f11247923bf6c31df0e895c38dad3dbf.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
shanxay hamkorlik tashkiloti, mdh, toshkent
Toshkentda SHHT va MDHga aʼzo davlatlarning sanoat vazirlari yigʻilishadi
Yigʻilish ishtirokchilari SHHT va MDH doirasida sanoatni rivojlantirish, moddiy va moliyaviy resurslarni jalb qilish boʻyicha hamkorlikni yanada jadallashtirish masalalarini muhokama qiladi.
TOSHKENT, 14 iyul — Sputnik. Ertaga, 15 iyul kuni Toshkent shahrida Oʻzbekiston raisligida Shanxay hamkorlik tashkilotiga (SHHT) aʼzo davlatlar sanoat vazirlari yigʻilishi hamda Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga (MDH) aʼzo davlatlarning Sanoat siyosati boʻyicha Kengashining VIIIyigʻilishi boʻlib oʻtadi. Bu haqda Oʻzbekiston TIV matbuot xizmati
xabar berdi. Qayd etilishicha, tadbirlarda Hindiston, Pokiston, Qirgʻiziston, Tojikiston sanoat vazirlari, Belarus, Rossiya, Qozogʻiston, Xitoy tarmoq vazirlarining oʻrinbosarlari, SHHT bosh kotibi Chjan Min, MDH Ijroiya qoʻmitasi raisining oʻrinbosari Ilhomjon Neʼmatov, shuningdek, Rossiya va Qozogʻiston ishbilarmon doiralari vakillari ishtirok etadi.
Yigʻilish ishtirokchilari ushbu SHHT va MDH doirasida sanoatni rivojlantirish, kooperatsiya asosida sanoat ishlab chiqarish hajmining barqaror oʻsishini taʼminlash, qoʻshma investitsiya loyihalarini amalga oshirish, yangi texnologiyalarni joriy etish, moddiy va moliyaviy resurslarni jalb qilish, mehnat unumdorligini oshirish va sanoat mahsulotlarini diversifikatsiya qilish boʻyicha hamkorlikni yanada jadallashtirish hamda kengaytirish masalalarini muhokama qiladi.
Uchrashuvlar chogʻida SHHT va MDH ga aʼzo davlatlar sanoatini rivojlantirishga qaratilgan qator muhim hujjatlar tasdiqlanishi kutilmoqda.
“Xususan, Shanxay tashkilotiga aʼzo davlatlar vazirlari SHHT mamlakatlari ishbilarmon doiralari oʻrtasida sanoat kooperatsiyasini ragʻbatlantirish dasturi loyihasini maʼqullaydi. Mazkur hujjat Tashkilotning Samarqand sammiti kun tartibiga tasdiqlash uchun kiritiladi. MDHga aʼzo davlatlar sanoat vazirlari yigʻilishida ham ushbu yoʻnalishdagi hamkorlikka doir hujjat tasdiqlanishi kutilmoqda”, -deyiladi xabarda.