Jamiyat

Endilikda oilaviy bogʻchalarga 3 yoshga toʻlmagan bolalar ham qabul qilinadi

© Sputnik / Varvara Gertye / Fotobankka oʻtishDetskiy sad
Detskiy sad - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Oilaviy nodavlat bogʻchalarda tarbiyachi va tarbiyachi-yordamchi lavozimlari uchun 4,5 tagacha shtat birligini ajratiladi.
TOSHKENT, 15 iyul — Sputnik. Oilaviy bogʻchalarga 3 yoshga toʻlmagan bolalarni ham qabul qilishga ruxsat beriladi. Bu haqida prezidentning PQ–322-sonli qarorida nazarda tutilgan.
Qarorga muvofiq, 1 sentyabrdan oilaviy nodavlat bogʻchalarda:
qatnayotgan ijtimoiy koʻmakka muhtoj oilalar farzandlari va maxsus kontingentlar soni tarbiyalanuvchilar sonining 70 foizidan kam boʻlganda, yetmagan qismiga boshqa oilalarning bolalarini qabul qilishga ruxsat etiladi;
tarbiyachi va tarbiyachi-yordamchi lavozimlari uchun 4,5 tagacha shtat birligini ajratishga ruxsat etiladi;
tarbiyachi va tarbiyachi-yordamchilarga byudjetdan ish haqini qoplash uchun subsidiya toʻgʻridan-toʻgʻri ushbu xodimlarning plastik kartasiga oʻtkazib beriladi.
Shuningdek, davlat-xususiy sheriklik asosida faoliyat yuritayotgan bogʻchalarda hamda oilaviy bogʻchalarda byudjetdan toʻlanadigan subsidiya va kompensatsiyalarni hisoblashda 3 yosh va undan katta yoshdagi, lekin 7 yil 8 oydan katta boʻlmagan yoshdagi tarbiyalanuvchilar hisobga olinadi.
Ota-onalar toʻlovi miqdorini mustaqil ravishda belgilab 3 yoshga toʻlmagan bolalarni ham qabul qilishga ruxsat etiladi.
Qolaversa, tabiiy gaz uchun kompensatsiya markazlashgan tabiiy gaz taʼminoti boʻlmagan, lekin isitishning boshqa turlaridan foydalanayotgan DXSH asosidagi va nodavlat bogʻchalarga ham toʻlanadi.
Yangiliklar lentasi
0