Situatsiya na granitse Krыma s Ukrainoy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21 fevral kuni Donetsk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini eʼlon qildi, 24 fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini maʼlum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarogʻ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Kiyev rejimi Severskdan qoʻshinlarni olib chiqishga qaror qildi

© AFP 2022 / DIMITAR DILKOFFUkrainskiy spetsnaz "Kraken" v Xarkove
Ukrainskiy spetsnaz Kraken v Xarkove - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Marochko: Ukraina qoʻmondonligi Severskdan qoʻshinlarni bosqichma-bosqich olib chiqishga qaror qildi
Kiyev rejimi Severskdan qoʻshinlarni bosqichma-bosqich olib chiqishga qaror qildi, bu haqda Lugansk Xalq Respublikasi xalq militsiyasi zobiti Andrey Marochko oʻzining Telegram-kanalidayozdi.
"Ukraina qoʻmondonligi oʻz boʻlinmalarini Seversk aholi punktidan bosqichma-bosqich olib chiqib ketish toʻgʻrisida qaror qabul qildi. Jangovar buyruqqa koʻra, pozitsiyalar yashirincha qoldirib,kichik guruhlar boʻlibchekinishi kerak", - deb yozadi u.
Bir kun oldin DXR rahbari Denis Pushilin Seversk operativ qurshovda ekanini aytdi. Respublika axborot vazirining birinchi oʻrinbosari Daniil Bezsonovning soʻzlariga kra, hozirda DXR blinmalari shaharning sharqiy tumanlarini tozalash ishlarini olib bormoqda, biroq qarshilik markazlari hamon saqlanib qolgan.
Seversk Lisichanskdan deyarli 30 kilometr gʻarbda joylashgan. Shahar uchun janglar 3 iyuldan beri davom etmoqda.
24 fevraldan beri Rossiya Ukrainani denatsifikatsiya va demilitarizatsiya qilish boʻyicha harbiy maxsus operatsiya oʻtkazmoqda.
Vladimir Putin uning vazifasini "sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahrirlanish va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish" deb atadi. Prezidentning soʻzlariga koʻra, operatsiyadan asosiy maqsad Donbassni ozod qilish va Rossiyaning oʻzi xavfsizligini kafolatlaydigan shart-sharoitlarni yaratishdir.
Rossiya armiyasi DXR va LXR kuchlari bilan birgalikda Lugansk Xalq Respublikasi va Donetskning muhim qismini toʻliq ozod qildi.
Yangiliklar lentasi
0