Konstitutsiyaviy qonun loyihasi muhokamasi muddati uzaytirildi

© SputnikKonstitutsiya i drugie kodeksi respubliki Uzbekistan
Konstitutsiya i drugie kodeksi respubliki Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.07.2022
Obuna bo‘lish
So‘ngi kunlarda qonun loyihasi bo‘yicha takliflarni kelib tushish dinamikasi keskin ortgan.
TOShKENT, 15-iyul — Sputnik. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Konstitutsiyaviy qonun loyihasining umumxalq muhokamasi muddatini 1-avgustgacha uzaytirdi. Bu haqida Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, qonun loyihasi umumxalq muhokamasiga qo‘yilganidan so‘ng bugunga qadar 85 minga yaqin takliflar kelib tushgan.
Qonunchilik palatasi deputati Jahongir Shirinovning so‘zlariga ko‘ra, so‘ngi kunlarda takliflarning kelib tushish dinamikasi keskin ortgan.
Kelib tushgan takliflar soni:
Muqaddima- 32 ta
1- yo‘nalish Asosiy prinsiplar- 1142 ta
2- yo‘nalish Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari- 2641 ta
3- yo‘nalish Jamiyat va shaxs - 637 ta
4- yo‘nalish Ma’muriy-hududiy va davlat tuzilishi -39 ming14 ta
5 -yo‘nalish Davlat hokimiyatining tashkil etilishi -24 ming 427 ta
6 -yo‘nalish Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish tartibi -2767 ta
“Bu o‘z navbatida Konstitutsiyaviy qonun loyihasini xalq bilan yana bir bor bamaslahat muhokama qilib, berilgan taklif va mulohazalarning barchasini tizimli ravishda tahlil qilish imkonini yaratadi”, deydi Jahongir Shirinov.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq umumxalq muhokamasiga qo‘yilgan Konstitutsiyaga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha qonun loyihasi muddati 15-iyulga qadar uzaytirilgandi.
Yangiliklar lentasi
0