Dunyoda

Shri-Lanka prezidenti isteʼfoga chiqdi

© AP Photo / Rafiq MaqboolSpiker parlamenta Shri-Lanki Maxinda Yapa Abeivardena ofitsialno podtverdil, chto prezident stranы Gotabaya Radjapaksa ushel v otstavku.
Spiker parlamenta Shri-Lanki Maxinda Yapa Abeivardena ofitsialno podtverdil, chto prezident stranы Gotabaya Radjapaksa ushel v otstavku. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Shri-Lanka parlamenti spikeri mamlakat prezidenti isteʼfoga chiqqanini rasman tasdiqladi.
TOSHKENT, 15 iyul — Sputnik. Shri-Lanka parlamenti spikeri Mahinda Yapa Abeivardena prezident Gotabay Rajapaksa oʻz lavozimini tark etganini rasman tasdiqladi. Bu haqda Shri-Lankaning Adaderana axborot portaliga tayanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Spiker oʻz qarorgohida boʻlib oʻtgan matbuot brifingida bu haqda rasmiy bayonot bergan.

“14 iyul kuni Gotabay Rajapaksa Shri-Lanka prezidenti lavozimidan rasman isteʼfoga chiqdi”, deyiladi xabarda.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Shri-Lankada norozilik namoyishlari ortidan prezident Gotabaya Rajapaksa isteʼfoga chiqib mamlakatni tark etgandi. Shundan soʻng, Bosh vazir Ranil Vikramasingxe davlat rahbari vakolatlariga ega boʻldi. Mamlakatda davom etayotgan norozilik namoyishlari favqulodda holat joriy etishga olib keldi.
Yangiliklar lentasi
0