Dunyoda

Trampning birinchi rafiqasi Ivana vafot etdi

© AP Photo / Jason DeCrowIvana Tramp poziruyet pered pokazom vesenney kollektsii Baby Phat 2008 vo vremya Nedeli modы v Nyu-Yorke, 7 sentyabrya 2007 goda
Ivana Tramp poziruyet pered pokazom vesenney kollektsii Baby Phat 2008 vo vremya Nedeli modы v Nyu-Yorke, 7 sentyabrya 2007 goda - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Nyu-Yorkda Donald Trampning sobiq rafiqasi Ivana 73 yoshida vafot etdi.
TOSHKENT, 15 iyul — Sputnik. Nyu-Yorkda AQShning sobiq prezidenti Donald Trampning birinchi rafiqasi Ivana 73 yoshida vafot etdi. Bu haqida Oq uy sobiq rahbarining Truth Social ijtimoiy tarmogʻidagi xabariga tayanib RIA Novosti maʼlum qildi.
"U Nyu-Yorkdagi uyida vafot etdi. U ajoyib va ilhomlantiruvchi hayot kechirgan, goʻzal va aql bovar qilmaydigan ayol edi", deb yozgan Tramp.
Sobiq fotomodel 1949 yilda Chexoslovakiyada tugʻilgan. U 1977 yilda Donald Trampga turmushga chiqdi va ular 1992 yilda ajrashishdi. Er-xotinning uchta farzandi bor. Ular kichik Donald, Ivanka va Erik.
Ivana bolaligidan changʻi sporti bilan shugʻullangan. Tramp bilan turmush qurgach, u tadbirkorlik bilan shugʻullanishni boshlagan. Qolaversa, televideniyeda chiqish qilar va kitoblar yozar edi.
Yangiliklar lentasi
0