FIDE reytingida O‘zbekiston TOP-20 talikka kirdi

Shaxmati - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.07.2022
Obuna bo‘lish
Xalqaro shaxmat federatsiyasning iyul oyi reytingi e’lon qilindi.
TOShKENT, 16-iyul — Sputnik. Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) tomonidan e’lon qilingan reytingida O‘zbeksiton ilk bor kuchli 20 talikka kirdi.
Federatsiyaning iyul oyi reytingiga asosan, O‘zbekiston jahon shaxmat reytingida 19 o‘rinni egalladi. O‘zbekiston ro‘yxatiga 100 nafar shahmatchi kiritilgan.
Reytingda kuchli 3talikni AQSh, Rossiya va Xitoy boshqarib bormoqda.
Keyingi o‘rinlarni Hindiston, Ukraina, Ozarbayjon, Fransiya Germaniya, Ispaniya, Polsha, Angliya kabi mamlakatlar qayd etgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda o‘tgan yili shaxmatni 2025-yilgacha rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari (indikatorlari) tasdiqlangandi.
Unga ko‘ra, 2025-yilga qadar shaxmat bilan muntazam shug‘ullanuvchilar soni 3 foizga yetkaziladi.
Yangiliklar lentasi
0