"Flydubai" aviakompaniyasi Samarqandga muntazam reyslarni yo‘lga qo‘yadi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishTorjestvennoe otkritie reysa Flydubai
Torjestvennoe otkritie reysa Flydubai  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.07.2022
Obuna bo‘lish
Ushbu xalqaro yo‘nalish bo‘yicha aviatashuvchi samolyotlar haftasiga ikki marta parvoz qiladi.
TOShKENT, 15-iyul — Sputnik. "Flydubai" aviakompaniyasi kuzda Dubaydan Samarqandga muntazam reyslarni yo‘lga qo‘yadi. Bu haqida News.flydubai xabar berdi.
"Samarqand va Toshkentga haftasiga sakkizta reysni amalga oshirish bilan biz BAA bilan savdo va madaniy aloqalarni yanada qo‘llab-quvvatlashga intilamiz. O‘ylaymizki, bu O‘zbekistonga, tarix va an’analarga boy go‘zal mamlakatga ko‘proq insonlarni tashrif buyurishga undaydi", deydi "Flydubai" tijorat direktori Hamad Obaydalla.
Aviakompaniya BAAdan Samarqandga haftasiga ikki marta parvozlarni amalga oshiruvchi birinchi aviatashuvchiga aylanadi.
"Aviakompaniya uchun Markaziy Osiyo muhim va o‘sib borayotgan bozor hisoblanadi. Yangi yo‘nalish Samarqand va uning atrofidagi hududlardagi yo‘lovchilarga BAAga borish va qaytishda oddiy va qulayroq yo‘lni taqdim etadi. Biz sentabr oyidan boshlab haftada ikki marotaba amalga oshiriladigan parvozlar dasturini yo‘lga qo‘yamiz, deydi “Flydubai”ning tijorat operatsiyalari va elektron tijorat bo‘yicha katta vitse-prezidenti Djeyxun Efendi.
Shunday qilib, Samarqand aviatashuvchining Toshkentdan keyingi ikkinchi manziliga aylanadi.
Yangiliklar lentasi
0