FVV xodimlari Sirdaryoda cho‘kayotgan bolani qutqarishdi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishOkazanie pervoy pomoshi na vode
Okazanie pervoy pomoshi na vode - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.07.2022
Obuna bo‘lish
FVV barcha ota-onalardan farzandlarini qarovsiz qoldirmasliklari va belgilanmagan joylarda cho‘milishlariga ruxsat bermasliklarini so‘ramoqda.
TOShKENT, 16-iyul — Sputnik. Favqulotda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilar Sirdaryoda cho‘kayotgan bolani qutqarib qolishdi.
© FVVSirdaryoda FVV xodimlari cho‘kayotgan bolani qutqarib qoldi
Sirdaryoda FVV xodimlari cho‘kayotgan bolani qutqarib qoldi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.07.2022
Sirdaryoda FVV xodimlari cho‘kayotgan bolani qutqarib qoldi
Aytilishicha, 15-iyul kuni Yangiyer shahar "Janubiy Mirzacho‘l" kanaliga 13 yoshli bola o‘z ehtiyotsizligi oqibatida tushib ketdi.
Bu haqida viloyat FVB markaziy-dispetcherlik xizmatiga soat 19:45 da murojaat kelib tushgan.
Zudlik bilan voqea joyiga FVB qutqaruvchilari va IIB xodimlari yetib borgan.
Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida voyaga yetmagan bola FVB qutqaruvchilari tomonidan sog‘-omon suvdan olib chiqildi. Qutqaruvchilar unga psixologik yordam ham ko‘rsatishgan.
FVV barcha ota-onalardan farzandlarini qarovsiz qoldirmasliklari va belgilanmagan joylarda cho‘milishlariga ruxsat bermasliklarini so‘ramoqda.
Yangiliklar lentasi
0