Mirziyoyev Samarqanddagi bunyodkorlik ishlari bo‘yicha yangi ko‘rsatmalar berdi

© zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmatiPrezident Samarqanddagi bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechirdi.
Prezident Samarqanddagi bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechirdi.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.07.2022
Obuna bo‘lish
Samarqanda qurilayotgan Turizm markazida xalqaro anjumanlar o‘tkazish uchun zamonaviy sharoitlar yaratish, xalqning madaniyati, ma’rifati, milliy taomlarini namoyon etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
TOShKENT, 16-iyul — Sputnik. Samarqanddagi Imom Buxoriy majmuasi ulkan madaniy markazga aylanadi. Bu bo‘yicha prezident mutasaddilarga yangi ko‘rsatmalar berdi.
Prezident Samarqanddagi bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechirdi. Dastavval, Imom Buxoriy majmuasida olib borilayotgan qurilish ishlari bilan tanishdi va ziyoratchilarga barcha qulayliklarni yaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Qayd etilishicha, majmuada qariyb 10 ming namozxonga mo‘ljallangan masjid, to‘rtta minora, ayvonlar barpo etilmoqda. Majmua yonida mehmonxonalar, avtoturargoh, avtobekat, oshxonalar, savdo rastalari, tahoratxonalar ham quriladi.
“Inshoolloh, bu majmua ochilganidan keyin ziyoratchilar yanada ko‘payadi. Ayniqsa, nuroniylar ko‘p keladi. Ular uchun barcha qulayliklarni inobatga olish kerak. Bu joy nafaqat diniy va ma’rifiy, balki ulkan madaniy markaz ham bo‘lishi zarur. Shu bois eng yaxshi gulchilarni olib kelib, majmuani qishin-yozin gulzor qilib qo‘yish kerak”, deydi Shavkat Mirziyoyev.
Prezidentimiz Samarqand tumanida barpo etilayotgan Turizm markazini ham borib ko‘rdi.
Bu yerda 8 ta mehmonxona, kongress xoll, "Abadiy shahar" karvonsaroyi qurilmoqda. Eshkak eshish kanali tartibga keltirilib, atrofda bog‘ yaratilmoqda.
“Ushbu majmua turizm sohasidagi barcha xalqaro standartlarga mosligi, eng zamonaviy xizmat ko‘rsatish salohiyati bilan nafaqat Samarqand viloyati va mamlakatni, balki butun mintaqada turizm industriyasini yangi bosqichga ko‘taradi”, deyiladi xabarda.
Prezident bu yerda yirik xalqaro anjumanlar o‘tkazish uchun zamonaviy sharoitlar yaratish, xalqning madaniyati, ma’rifati, milliy taomlarini namoyon etish bo‘yicha tavsiyalar berdi.
Yangiliklar lentasi
0