O‘zbekistonda ayrim sohalar to‘rt kunlik ish haftasiga o‘tishi mumkin - tadqiqot

© Sputnik / Vladimir AstapkovichRukovoditel otdela smennix virusnix analitikov "Laboratorii Kasperskogo" Yevgeniya Krilova.
Rukovoditel otdela smennix virusnix analitikov Laboratorii Kasperskogo Yevgeniya Krilova. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.07.2022
Obuna bo‘lish
Mutaxassislar 4 kunlik ish haftasi qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan sohalarni aniqlashdi.
TOShKENT, 16-iyul — Sputnik. O‘zbekiston sharoitida ayrim sohalarda 4 kunlik ish haftasiga o‘tish imkoniyatlari mavjud. Bu bo‘yicha Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti tomonidan tadqiqot o‘tkazildi.
Institut mutaxassislari respublika bo‘yicha mehnat unumdorligi va bir soatlik ish vaqtidagi mehnat unumdorligi hisoblab chiqishdi.
Korrelyatsion tahlil natijalariga ko‘ra, mehnat unumdorligi va ish soatlari o‘rtasida bog‘liqlik mavjudligi aniqlandi. Korrelyatsiya koyeffitsiyenti - 0,40.
“Shunday qilib, O‘zbekiston sharoitida 4 kunlik ish haftasiga o‘tish bo‘yicha jahon amaliyotini iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida qo‘llash maqsadga muvofiq emas”, deyiladi xabarda.
Hisob-kitob natijalariga ko‘ra, sanoatda ish soatlari va mehnat unumdorligi o‘rtasidagi korrelyatsiya koyeffitsiyenti - 0,45 ni tashkil etdi. Bu yuqori korrelyatsiyani tasdiqlaydi.
Mutaxassislar ishlab chiqarishning to‘liq avtomatlashtirilmaganligi buning asosiy sabablari deb hisoblashmoqda.
Shunga qaramay, 4 kunlik ish haftasi qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan sohalar aniqlandi.
Bu nomoddiy ishlab chiqarish sohalari ya’ni, IT sohasi, banklar, ta’lim, sog‘liqni saqlash, shuningdek, ilm-fan bilan bog‘liq sohalardir.
Qayd etilishicha, IT sohasi xodimlarining aksariyati ancha moslashuvchan ish tartibiga ega.
Banklarning 4 kunlik ish haftasiga o‘tishi moliyaviy operatsiyalarni sekinlashtirishi mumkin.
O‘zbekiston qonunchiligiga muvofiq tibbiyot xodimlari va o‘qituvchilar uchun ish vaqti haftasiga 36 soatdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda belgilangan.
Biroq, tahlil natijalariga ko‘ra, ta’lim (korrelyatsiya koyeffitsenti -0,15), sog‘liqni saqlash (-0,21), IT -sohasi (-0,09), ilmiy faoliyat (-0,07) va moliya tizimida (-0,06) ish soatlari va mehnat unumdorligi o‘rtasida korrelyatsion bog‘liqlik mavjud emas.
Bu esa o‘z navbatida ushbu sohalarda ish vaqtini qisqartirish imkoniyatlari mavjud ekanligidan dalolat beradi.
Ta’kidlanishicha, xodimlarning mehnat va dam olish vaqtini uyg‘unlashtirish nuqtayi nazaridan ish haftasini qisqartirish uchun shart-sharoitlar mavjud.
Buni bir necha usul bilan amalga oshirish mumkin:
to‘rt kunlik ish haftasiga o‘tish;
xodimlarni qo‘shimcha “o‘zgaruvchan” dam olish kuni bilan ta’minlash;
ish vaqtini qisqartirish.
Yangiliklar lentasi
0