Jamiyat

Oʻzbekistonda benzin ishlab chiqarish hajmi oshdi

© Sputnik / Konstantin MixalchevskiyZapravka benzinom
Zapravka benzinom - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
2022 yilning yanvar-iyun oylarida 562,7 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan.
TOSHKENT, 16 iyul — Sputnik.Oʻzbekistonda benzin ishlab chiqarish hajmi 1,8 % ga oshdi. Bu haqda Davlat statistika qoʻmitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Statqoʻmga koʻra, 2022 yilning yanvar-iyun oylarida 562,7 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan.
“Avtomobil benzini ishlab chiqarish hajmi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,8 % ga oshgan”, - deyiladi xabarda.
2022 yilda oylar kesimida ishlab chiqarilgan avtomobil benzini hajmi:
yanvarda – 97,8 ming tonna;
fevralda – 98,2 ming tonna;
martda – 92,6 ming tonna;
aprelda – 93,7 ming tonna;
mayda – 92,7 ming tonna;
iyunda – 87,7 ming tonna.
Yangiliklar lentasi
0