Jamiyat

Oʻzbekistonga xorijdan pul kirishi 96 %ga oʻsdi

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Fotobankka oʻtishDenejnыe kupyurы i monetы
Denejnыe kupyurы i monetы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
2022 yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekistonga kelib tushgan pul oʻtkazmalari hajmi 6,5 mlrd $ni tashkil qildi.
TOSHKENT, 16 iyul — Sputnik.2022 yil yanvar-iyun oylarida Oʻzbekistonga kelib tushgan xalqaro transchegaraviy pul oʻtkazmalari 6,5 mlrd $ni tashkil etdi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha,bu 2021 yilning mos davriga nisbatan 96 %ga yoki 3,2 mlrd $ga koʻp.
2022 yilning yanvar-iyun oylarida tijorat banklari tomonidan jismoniy shaxslardan jami 5,66 mlrd $ miqdorida yoki 2021 yilning mos davriga nisbatan 70 % (2,33 mlrd $) koʻp xorijiy valyuta sotib olingan.
Tijorat banklari orqali jismoniy shaxslarga jami 3,72 mlrd $ miqdorida xorijiy valyuta sotilgan. Bu 2021 yilning mos davri bilan solishtirganda 85 %ga yoki 1,71 mlrd $ga koʻp.
Yangiliklar lentasi
0