Afg‘onistondan O‘zbekistonga snarad uchirgan guruh ushlandi — video

© AP PhotoBoyeviki Talibana patruliruyut rayon Vazir Akbar Xan v gorode Kabul, Afganistan
Boyeviki Talibana patruliruyut rayon Vazir Akbar Xan v gorode Kabul, Afganistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.07.2022
Obuna bo‘lish
Operatsiya davomida jinoiy guruhning 3 nafar a’zosi o‘ldirilgan, 5 nafari hibsga olingan.
TOShKENT, 17-iyul — Sputnik. Afg‘oniston muvaqqat hukumati rasmiy vakili Zabihulloh Mujohid Afg‘onistondan O‘zbekistonga snarad otgan guruh ushlanganini ma’lum qildi.
“Kuni kecha Qunduzning Imom Sohib tumanidagi Qanjag‘a hududida Islom Amirligi maxsus bo‘linmalari ‘Xavorijlar‘ markazini topib, yo‘q qildi. Ushbu operatsiya davomida 3 nafar xavorij o‘ldirildi, besh nafari tiriklayin qo‘lga olindi. Ularning avtomashinalari va qurollari musodara qilindi. Yaqinda ular O‘zbekiston va Tojikistonni raketa bilan o‘qqa tutgandi”, - deya yozgan Mujohid Twitter’dagi sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, Surxondaryo viloyatining Termiz shahriga 5-iyul kuni Afg‘oniston tomondan 5 ta snarad kelib tushgan edi. Snaradlar portlamagan, halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar bo‘lmagan. Termiz shahridagi "Majnuntol" mahallasida joylashgan to‘rtta xususiy uyga kichik zarar yetgan, snaradlardan bittasi futbol maydonidan topilgan. Topilgan snaradlarni sapor birligi zararsizlantirgan.
Yangiliklar lentasi
0