Iqtisod

Metan gazi narxlarini sunʼiy oshirgan shoxobchalarga chora koʻriladi — MQKQ

© Sputnik / Anton Denisov / Fotobankka oʻtishZapravochnaya kolonka na avtomobilnoy gazonapolnitelnoy kompressornoy stantsii, arxivnoye foto
Zapravochnaya kolonka na avtomobilnoy gazonapolnitelnoy kompressornoy stantsii, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Taʼkidlanishicha, metan gaz narxlari doimiy monitoring qilib borilmoqda.
TOSHKENT, 17 iyul — Sputnik. Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (MQKQ) avtomobillarga gaz quyish shoxobchalari metan gazi narxlarini sunʼiy ravishda oshirgan taqdirda ularga tegishli chora koʻrilishini maʼlum qildi.
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda gaz quyish shoxobchalarida 15 iyuldan boshlab metan narxi oshgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Qoʻmita xabar yuzasidan tezkor oʻrganish ishlarini oʻtkazgan.
Oʻrganish natijalari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida joylashgan avtomobillarga gaz quyish shoxobchalarida bugungi kunda 1 kub metr metan gazining narxi barqaror ravishda oʻrtacha 2300 soʻmdan 2800 soʻmgacha sotilayotgani aniqlangan.
Taʼkidlanishicha, metan gaz narxlari doimiy monitoring qilib borilmoqda va shoxobchalar metan gazi narxlarini sunʼiy ravishda oshirgan taqdirda belgilangan tartibda tegishli chora koʻriladi.
Vazirlar Mahkamasining 14 iyuldagi qaroriga muvofiq yuridik shaxslar uchun tabiiy gaz va elektroenergiya uchun tariflar oshirilishi vaqtinchalik toʻxtatilgan edi. Shunga qaramay, ayrim gaz quyish shoxobchalarida 15 iyuldan boshlab metan narxi oshirilgani haqida xabarlar tarqaldi. Energetika vazirligi holatga munosabat bildirib, metan narxini oshirishning obʼyektiv sabablari yoʻqligini maʼlum qildi.
Yangiliklar lentasi
0