Onkologiya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.01.2022
Bu qiziq
Ushbu ruknimizda ilm-fan, inson sogʻligi, foydali va zararli oziq-ovqatlar, parhez taomlar, shifokorlar maslahati va boshqa barcha uchun qiziqarli maʼlumotlar bor.

Qaysi mahsulotlar bosh ogʻrigʻini qoʻzgʻatadi?

© Pixabay / Stock SnapGolovnaya bol
Golovnaya bol - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Ekspertning aytishicha, kofeinli ichimliklar bosh ogʻriga sabab boʻladi.
Shifokor-nevrolog Pavel Xoroshevning aytishicha, migrenga moyilligi boʻlgan insonlar bir qancha sevimli mahsulotlardan voz kechishi kerak. Ular orasida shokolad, qahva ham bor.
“Migrendan aziyat chekayotgan insonlar spirtli ichimliklar isteʼmol qilishdan tiyilishi kerak. Ayniqsa, qizil vinodan soʻng kuchli ogʻriq paydo boʻladi. Shuningdek, tarkibida kofein boʻlgan barcha ichimliklar: choy, energetik, qahva, hamda pishloq, shokolad eng kuchli bosh ogʻriq qoʻzgʻatuvchilari hisoblanadi”,- deydi ekspert.
Baʼzi insonlar yogʻli goʻsht ham bosh ogʻrigʻiga sabab boʻladi deb hisoblashadi. Biroq, doim shunday boʻlavermaydi.
“Agar bosh ogʻrigʻi juda kuchli boʻlsa, vegetariancha parhez qilish mumkin. Tadqiqotlar bunday parhezning chindan ham yaxshi taʼsir qilishini tasdiqlaydi. Ammo, yogʻli goʻsht ogʻriqni qoʻzgʻatuvchi kuchli omillardan emas”, - deydi shifokor.
Yangiliklar lentasi
0