Birmingem-2022: O‘zbekistonlik sportchilar kumush va oltin medalga sazovor bo‘lishdi

© Milliy olimpiya qo‘mitasiBirmingem-2022: O‘zbekistonlik sportchilar kumush va oltin medalga sazovor bo‘lishdi
Birmingem-2022: O‘zbekistonlik sportchilar kumush va oltin medalga sazovor bo‘lishdi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.07.2022
Obuna bo‘lish
XI Butunjahon o‘yinlarida 110 mamlakatdan tashrif buyurgan 3600 nafardan ortiq atlet ishtirok etdi.
TOShKENT, 18-iyul — Sputnik. O‘zbekiston delegatsiyasi Birmingem-2022 Butunjahon o‘yinlarini ikkita medal bilan yakunladi. Bu haqida Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
AQShning Birmingem shahrida XI Butunjahon o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Unda 110 mamlakatdan tashrif buyurgan 3600 nafardan ortiq atlet ishtirok etdi.
O‘zbekiston jamoasi ushbu musobaqaga 5 nafar sportchi bilan tashrif buyurdi. Sportchilar orasida dastlab karatechi Doston Otabolayev maydonga chiqdi. U -75 kg vazn toifasida jang olib bordi va bronza medali bilan taqdirlandi.
Shuningdek, Darya Latisheva ushu yo‘nalishida shohsupaning ikkinchi pog‘onasiga ko‘tarildi.
“Afsuski, musobaqada bahs olib borgan badiiy gimnastikachi Yekaterina Fetisova, jiu-jitsuchi Bahrom Mashrapov hamda muay-tay ustasi Fanat Qahramonga biroz omad yetishmadi”, deyiladi xabarda.
Shu tariqa, delegatsiya Birmingemda 1 ta kumush va 1 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi.
Ma’lumot uchun, kelgusi Butunjahon o‘yinlari 2025-yili Xitoyning Chengdu shahrida o‘tkaziladi.
Yangiliklar lentasi
0