Dunyoda

Denatsifikatsiya natijasi. Zelenskiy UXX rahbari va bosh prokurorni ishdan oldi

© AFP 2022 / Sergei SupinskyPrezident Ukrainы Vladimir Zelenskiy, arxivnoye foto
Prezident Ukrainы Vladimir Zelenskiy, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Vladimir Zelenskiy Ukraina bosh prokurori Irina Venediktova hamda Ukraina Xavfsizlik xizmati raisi Ivan Bakanovni vazifasidan chetlatdi.
TOSHKENT, 18 iyul — Sputnik. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakat xavfsizlik xizmati rahbari Ivan Bakanov va bosh prokuror Irina Venediktovani egallab turgan lavozimidan ozod qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
Prezidentning tegishli farmonida qayd etilishicha, Bakanov Ukraina Qurolli kuchlari Tartib-intizom nizomining 47-moddasiga asosan ishdan boʻshatilgan. Venediktovaning isteʼfoga chiqishi “Harbiy holatning huquqiy rejimi toʻgʻrisida”gi qonunning prezidentga mansabdor shaxslarni lavozimidan chetlashtirish huquqini beruvchi 11-moddasiga muvofiq amalga oshirilgan.
Vladimir Zelenskiyning videomurojaatida Ukrainada prokuratura, tergovchilar va boshqa huquq-tartibot idoralari xodimlariga nisbatan davlatga xiyonat va “hamkorlik faoliyati” moddalari boʻyicha 651 ta jinoiy ish qoʻzgʻatilganidan soʻng UXX rahbari va bosh prokurorni lavozimidan chetlatganini aytdi.
Bosh prokuror oʻrinbosari lavozimida ishlab kelgan Aleksey Simonenko bosh prokuror vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Maʼlumot uchun, Venediktova 2020 yilning mart oyidan buyon bosh prokuror, Bakanov esa 2019 yilning avgustidan buyon UXX rahbari lavozimida ishlab kelayotgandi.
Rossiya Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Mariya Zaxarova bu holatni Ukrainani denatsifikatsiyaqilish qizgʻin davom etayotgani bilan izohladi.
“Zelenskiy Bosh prokuror va UXX rahbarini ishdan boʻshatdi. Denatsifikatsiya qilish qizgʻin davom etmoqda”, deya yozib qoldirdi u ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Yangiliklar lentasi
0