Iqtisod

Oʻzbekiston giloslarining asosiy xaridorlari maʼlum boʻldi

© Qishloq xoʻjaligi vazirligi matbuot xizmatigilos eksporti
gilos eksporti - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
2022 yilning 6 oyida Oʻzbekiston eng koʻp gilosni Rossiyaga eksport qilgan.
TOSHKENT, 18 iyul — Sputnik. Oʻzbekiston 2022 yilning dastlabki olti oyida 14 ta davlatga gilos eksport qilgan. Eng koʻp xaridni Rossiya amalga oshirgan. Bu haqda Davlat statistika qoʻmitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Statqoʻmga koʻra, Oʻzbekiston yanvar-iyun oylarida 14 ta davlatga qiymati 33,3 mln dollarga teng boʻlgan 25,4 ming tonna gilos eksport qilgan.
Gilos eksporti oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 35 ming tonnaga kamaygan.
2022 yilning 6 oyida Oʻzbekiston eng koʻp gilosni Rossiya (12,5 ming tonna), Qozogʻiston (7,7 ming tonna) va Qirgʻiziston (4,8 ming tonna)ga eksport qilgan.
Bundan tashqari, oʻzbek giloslarini Koreya (183 tonna), Belarus (163 tonna), Polsha (52 tonna) va Birlashgan Arab Amirliklari (16 tonna) ham xarid qilgan.
Avvalroq, Toshkent viloyati Boʻka tumani dalalarida yetishtirilgan poliz mahsulotlari shu kunlarda Rossiya bozorlariga eksport qilinayotgani haqida xabar bergan edik.
Yangiliklar lentasi
0