O‘zbekistonlik bokschilar Quvaytdagi xalqaro turnirda qatnashishadi

© Foto: NOK UzbekistanaSbornaya Uzbekistana po boksu otpravila v Kuveyt
Sbornaya Uzbekistana po boksu otpravila v Kuveyt - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.07.2022
Obuna bo‘lish
Boks bo‘yicha kattalar o‘rtasida 1-Quvayt xalqaro boks turnirida 20 ga yaqin kuchli mamlakat vakillari asosiy tarkib bilan ishtirok etishadi.
TOShKENT, 18-iyul — Sputnik. Quvaytning Al-Quvayt shahrida boks bo‘yicha kattalar o‘rtasida 1-Quvayt xalqaro boks turniri" tashkil etiladi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazadi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, musobaqada 20 ga yaqin kuchli mamlakat vakillari asosiy tarkib bilan ishtirok etishadi.
Qayd etilishicha, bugun, 18-iyul kuni Rahmatjon Ro‘zioxunov boshchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasi Quvayt safariga yo‘l oldi. Bokschilar musobaqada quyidagi tarkibda ishtirok etadi:
-52 kg: Abdumajid Mannopov
-57 kg: Abdumalik Xalakov
-63 kg: Lazizbek Fattoyev
-69 kg: Javlonbek Yo‘ldoshev
-75 kg: Abdulaziz Abdupattayev
-81 kg: Dilshodbek Ro‘zmetov
-91 kg: Diyorbek O‘ralov.
Yangiliklar lentasi
0