Rossiya

Ukrainadagi AQSH biolaboratoriyalari ataylab tegishli ravishda himoyalanmagan boʻlgan – Yarovaya

© Sputnik / Fotobankka oʻtishPreduprejdayuщaya tablichka na dveri laboratorii imeni Richarda Lugara v Gruzii.
Preduprejdayuщaya tablichka na dveri laboratorii imeni Richarda Lugara v Gruzii. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Rossiya Davlat dumasi raisi oʻrinbosari Ukraina hududida Pentagon nazoratida boʻlgan biolaboratoriyalarda xavfsizlik mezonlariga rioya qilinmaganini maʼlum qildi.
TOSHKENT, 18 iyul — Sputnik. Ukrainadagi AQSH biolaboratoriyalari xavfsizlik mezonlariga mos kelmagan, ehtimol, bu aholi ustidan “jonli tadqiqot” oʻtkazish uchun ataylab qilingan boʻlgan. Bu haqda Rossiya Davlat dumasi raisi oʻrinbosari, Ukraina hududidagi Amerika biolaboratoriyalari faoliyatini tekshirish boʻyicha parlament komissiyasi hamraisi Irina Yarova maʼlum qildi.
“Parlament komissiyasi bugun dadil sifatida Ukraina hududida Pentagon nazoratida boʻlgan biolaboratoriyalarda xavfsizlik mezonlariga rioya qilinmaganini keltirishi mumkin”, - dedi u.
Yarovayaning taʼkidlashicha, laboratoriyalar Ukraina fuqarolari, umuman butun dunyo uchun ulkan xavf keltirib chiqaradi. Shuningdek, laboroatoriyalarda nafaqat xavfli viruslar, patogenlar bilan ishlar olib borilgan, balki maʼlumotlar sizib chiqishi holati kuzatilgan.
"Shu sababli Ukrainada epidemiya koʻpaygan boʻlishi ham mumkin. Ehtimol, ushbu laboratoriyalarni yaratganlar ularning tegishli darajada himoyalanmaganidan nafaqat korruptsion jihatlardan, balki u yerda jonli tajribalar oʻtkazish - aholining qanday munosabat bildirishi, oʻlim holati va oqibatlari qanday boʻlishidan manfaatdor boʻlishgan”, - deydi Irina Yarova.
Lavrov: AQShning Ukrainadagi laboratoriyalar tinchlik yoʻlida boʻlganini tasdiqlovchi dalili yoʻq
Yangiliklar lentasi
0